#Huquqiy_savodxonlik
❓FUQARODAN SAVOL:
– Gugurt mahsulotlarini tanlash va xarid qilishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?
JAVOB:
🔔 Gugurtlar asosan GOST 1820–2001 standarti asosida ishlab chiqariladi. Uning qadog‘ida mahsulot nomi, standartning belgisi, ishlab chiqaruvchining nomi va/yoki savdo belgisi hamda korxona manzili, ishlab chiqarilgan mamlakat nomi kabi ma’lumotlar beriladi.
◽️ Standart talabi bo‘yicha 4 (2/3) formatdagi gugurtlarning alohida qutilarida gugurt cho‘pi eng ko‘p to‘ldirilishi 40 dan 60 donagacha, eng kichik to‘ldirilishi 37 dan 52 donagacha bo‘lishi kerak. Mahsulotga yaroqlilik muddati ishlab chiqarilgan kundan boshlab o‘n ikki oy beriladi.
Iste’molchilarning hayoti, sog‘lig‘i, mol-mulki hamda atrof-muhit uchun xavf tug‘diruvchi tovar ishlab chiqarganlik (ish bajarganlik, xizmat ko‘rsatganlik) uchun qonunchilikka muvofiq, ishlab chiqaruvchi (ijrochi), normativ hujjatlarni tasdiqlagan organ, muvofiqlik sertifikati bergan organ, sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, veterinariya xizmati organlari yoki xavfli tovar (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish yoxud realizasiya qilishga ruxsat bergan boshqa organlar javobgar bo‘ladi.
🖊 Iste’molchi xarid qilgan gugurt mahsuloti sifatsiz va foydalanishga yaroqsiz bo‘lsa uni do‘kondan nazorat kassa cheki bilan sifatlisiga almashtirib olish huquqiga ega.
❕ Raqobat qo‘mitasi gugurt mahsuloti ishlab chiqaruvchi korxonalar, importini ta’minlovchi hamda sotuvchilarga savdo shoxobchalariga yetkazib berayotgan mahsulotlari sifatli va xavfsiz bo‘lishi shartligini eslatib o‘tadi.








