REKLAMA QONUNChILIGI BUZILIShI YUZASIDAN “OZONE FITNESS” MChJga NISBATAN MOLIYAVIY JARIMA QO‘LLANILDI
Raqobat qo‘mitasi tomonidan doimiy ravishda reklama qonunchiliga rioya qilish yuzasidan monitoring ishlari olib borilmoqda.
Olib borilgan monitoringlarda “OZONE FITNESS” MChJ tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda nomaqbul (noto‘g‘ri)
reklama-axborotlari joylashtirilganligi aniqlandi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “OZONE FITNESS” MChJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.
Ma’lumot o‘rnida. Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon Qo‘mitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.








