10-11-oktyabr kunlari raqobat sohasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiya doirasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayev Turkiya Raqobat organi vitse-prezidenti Jengiz Cholak boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar raqamli platformalarni raqobat qonunchiligiga muvofiq tartibga solish masalalari bo‘yicha fikr almashishdi. Shuningdek, Turkiya va O‘zbekiston raqobat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, amaliyotda o‘zaro tajriba almashish va kelgusida qo‘shma seminar hamda treninglarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Qo‘mita raisi H.Turaxujayev turkiyalik hamkorlarga ko‘rsatilgan amaliy yordam va tajriba uchun minnatdorlik bildirib, ikki tomonlama munosabatlar raqobat siyosati sohasida yangi imkoniyatlar eshigini ochishini ta’kidladi.
Ushbu tadbirlar doirasida ayni kunlarda Qo‘mita xodimlari uchun Turkiya Raqobat organi ekspertlari ishtirokida o‘quv seminarlari o‘tkazish ko‘zda tutilgan.