Joriy yilning 30-may kuni Raqobat qo‘mitasi huzuridagi jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda quyidagilarni ko‘rib chiqildi.
-
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ijtimoiy buyurtma yuzasidan taklifi (xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalar, normalar va talablarga rioya etilishini jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish) mavzusida muhokama qilish.
-
Toshkent shahar iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilish markazining ijtimoiy buyurtma yuzasidan (xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalar, normalar va talablarga rioya yetilishini jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish) hamda ushbu sohadagi mavjud xato va kamchiliklar kelib chiqish sabablarini o‘rganish va ularni bartaraf yetish masalalarini muhokama qilish,
-
Jamoatchilik kengashi tomonidan 2025-yil I choraklikdagi bajarilgan ishlar hisobotini tinglash.
-
Boshqa masalalar.
KUN TARTIBI
(D.Mirzaaxmedov, O.Usmonov, Sh.Sharaxmetov, Ye.Xaitmetov G.Babadjonova, H.Radjabov)
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-martdagi “2021-2025- yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsessiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6181-son farmoni bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasida” jamoatchilik nazorati, davlat boshqaruvi va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtiroki darajasini oshirish masalasi ustuvor vazifa etib belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-124-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 135-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, Davlat organining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ming baravarigacha (375 mln) miqdorda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali ijtimoiy buyurtma berish mumkinligi belgilangan. Shuningdek, 305-bandiga muvofiq, loyiha taklifi jamoatchilik kengashi tomonidan ushbu Nizomning 304-bandidagi har bir mezon bo‘yicha ijobiy baholangan taqdirda, bir ish kuni ichida uning tashabbuskoriga davlat organining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ming baravarigacha miqdorda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali ijtimoiy buyurtma berilishi to‘g‘risida jamoatchilik kengashining qarori qabul qilinadi deb belgilangan.