Joriy yil 17-18-may kunlari Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Qo‘mitaning tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokida Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Olmos” dam olish maskaniga Team Building tashkil qilindi.
Qo‘mita xodimlari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha Qo‘mita turniri o‘tkazildi.
Unda Qo‘mita markaziy apparati va tizim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi 60 ga yaqin xodimlar, jumladan xotin-qizlar intellektual mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Kuchli raqobat ostida kechgan o‘yinda quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
1-o‘rin: “Intellekt” jamoasi;
2-o‘rin: “Kreativ” jamoasi;
3-o‘rin: “Lokomotiv” jamoasi.
Turnir so‘ngida g‘olib va qatnashchilar taqdirlandilar.