O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori bilan «Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlandi.
Iqtisodiy konsentratsiya bitimlarini tuzishga quyidagi hollarda oldindan rozilik olish talab etiladi:
Xo‘jalik yurituvchi subyektni qo‘shib olish yoki qo‘shib yuborish orqali qayta tashkil etishda
Shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan respublikada ro‘yxatga olingan AJ ovoz beruvchi aksiyalarining 25 foizidan ortig‘ini tasarruf etish huquqini olganda
Shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan MChJ yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushlarning uchdan bir qismidan ortig‘ini tasarruf etish huquqini olganda
Batafsil infografikada
Qaror bilan tanishish (https://lex.uz/docs/6907023#6909985)