Sana | Loyiha nomi | Qo’mita xulosasi |
11.05.2020 | O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Namangan viloyatida to’qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish, eksportga yo’naltiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlari va turlarini kengaytirish to’g’risida”gi qarori | Xulosa |
11.05.2020 | O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori | Xulosa |
11.05.2020 | O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida joylashgan bino va inshootlarni aniq investorga “nol” qiymatda investitsiya kiritish sharti bilan to’g’ridan-to’g’ri berish to’g’risida”gi Farmoyishi | Xulosa |
27.04.2020 | O’zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi project.gov.uz orqali (ID raqami №17055) kelib tushgan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida yagona elektron chipta sotish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori | Xulosa ID-17055 |
12.04.2020 | O’zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi project.gov.uz orqali (ID raqami №12942) kelib tushgan O’zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida (yangi tahrir)”gi qonuni | Xulosa ID-12942 |
10.04.2020 | O’zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi project.gov.uz orqali (ID raqami №11764) kelib tushgan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Loyixalash va qurilish sohasidagi mutaxassislarni majburiy sertifikatlashtirish tartibini tasdiqlash to’g’risida”gi qarori | Xulosa ID-11764 |
1.04.2020 | O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog’iston Respublikasi Mo’ynoq tumanida artemiya sistasini ovlash va qayta ishlashni samarali tashkil va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori | Xulosa |
20.03.2020 | O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada tabiiy gaz yetkazib berish nazorati va hisobini yuritishda avtomatlashtirilgan tizimni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori | «schetchik.uz» telegramm kanalidagi postga munosabat |
18.03.2020 | O’zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi project.gov.uz orqali (ID raqami № 10841) kelib tushgan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jizzax viloyati Forish tumanida yuqori markali sement ishlab chiqarish zavodini qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori | Xulosa ID-10841 |
14.02.2020 | O’zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi project.gov.uz orqali (ID raqami № 10715) kelib tushgan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanishni ta’minlash chorag’tadbirlari to’g’risida»gi qarori | Xulosa ID-10715 |
10.02.2020 | O’zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi project.gov.uz orqali (ID raqami №10470) kelib tushgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yog’och-qirindili plitalar hamda ularning muqobil turlarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, importni qisqartirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori | Xulosa ID-10470 |
18.01.2020 | O’zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi project.gov.uz orqali (ID raqami №6464) kelib tushgan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Boshoqli don yetishtirishda klaster tizimini bosqichma-bosqich joriy etish orqali yuqori hosildorlikni ta’minlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori | Xulosa ID-6464 |
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan project.gov.uz portali orqali Qo‘mitaga kelib tushgan 243 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari (ex-ante) raqobat muhitiga ta’siri yuzasidan xulosalar tayyorlandi, shundan 121 ta (50 %) qonunchilik talablariga zid normalar ekanligi aniqlangan. Ma’lumot uchun: yil boshidan 76 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori va Farmoni loyihalari Qo‘mitaga kelib tushgan bo‘lsa, shulardan 40 tasida (53 %), shuningdek 120 ta Vazirlar Mahkamasi qarori va farmoyish loyihalari Qo‘mitaga kelib tushgan bo‘lsa, shulardan 63 tasida (51 %) amaldagi qonunchilik hujjatlari, shu o‘rinda monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlari talablariga zid normalar mavjudligi yuzasidan tegishli xulosalar berilgan.
Misol uchun: O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan 26 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi kelishishga kiritilgan bo‘lib, shundan 23 tasida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga zid normalar mavjudligi aniqlanib Qo‘mitaning tegishli xulosasi yuborilgan. xuddi shunday holat Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 17 ta Qo‘mitaga kiritgan loyihalarining 10 tasida aniqlanib, Qo‘mitaning tegishli xulosalari yuborilgan.