21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni
O‘ZBEK TILI – MILLIY O‘ZLIGIMIZ VA MUSTAQIL DAVLATCHILIGIMIZ TIMSOLI
O‘zbek tili millatimizning faxri, dunyo tan olishiga hissa qo‘shgan ijtimoiy aloqa vositalaridan biridir. O‘zbek tili tarixi xalqimizning ko‘p asrlik kechmishi, orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari va g‘alabalari bilan chambarchas bog‘liq. Dunyoda 3000 dan ortiq til bo‘lsa biz uchun eng ardoqlisi, ona tilimiz – o‘zbek tilimizdir.
Hurmatli Prezidentimiz boshchiligida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida ona tilimizga e’tibor yanada kuchaymoqda. Mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boyligimiz, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida muhim o‘rin egallab kelayotgan buyuk qadriyat – ona tilimizning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish barchamizning burchimizdir. Shu munosabat bilan, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlariga davlat tiliga oid normalar kiritildi.
Shu fursatdan foydalanib, ona tilimizning qaddi va qadri baland bo‘lsin.
Barcha yurtdoshlarimizni O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi
Sh.Sharaxmetov