Oʻzbekiston Prezidenti AQShning yetakchi moliyaviy institutlari bilan investitsiyaviy hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini belgilab berdi
Toshkent xalqaro investitsiya forumi tadbirlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Eksimbanki prezidenti va raisi Jon Yovanovich hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmonlar davlatimiz rahbariga AQSh Prezidenti Donald Trampning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. Muzokaralar davomida mazkur institutlarning Oʻzbekistonda infratuzilmani…





