#Xalqaro_hamkorlik Joriy yilning 12-iyun kuni Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo va kuzatuvchi davlatlar raqobat organlari rahbarlarining 3-yig‘ilishi tadbiri doirasida Raqobat qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayev Turkiya Raqobat qo‘mitasi rahbari janob Birol Kyule, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Monopoliyaga qarshi kurash va iste’mol bozorini nazorat qilish davlat agentligi rahbari janob Elnur Bagirov hamda Vengriya Raqobat organi rahbari janob Chaba Balaj Rigo bilan alohida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan ikki tomonlama muzokaralarda davlatlarimiz rahbarlari ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligi, bu yo‘nalishlar strategik ahamiyatga ega deb hisoblanayotganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, uchrashuvlarda iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, bunda jamoatchilik bilan ochiq va yaqin muloqot o‘rnatishning dolzarbligi, so‘nggi yillarda dolzarb masalaga aylangan mavzular, jumladan global raqamli platformalar uchun milliy iqtisodiyotimizga investitsiya qilishining jozibadorligini oshirish va yangi raqamli xizmatlar va imkoniyatlarni joriy etishi uchun qulay biznes yuritish shart-sharoitlarini yaratish maqsadida tartibga solish yondashuvlari kabi masalalar muhokama qilindi.
Muzokaralarda yakunida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari doirasida o‘rganishlar o‘tkazishda o‘zaro ma’lumot va tajriba almashish, raqobat organlari mutaxassislarinni amaliyot o‘tash uchun hamkorlikda malaka oshirish (stajirovkalar)ni tashkil etish borasida kelishib olindi.








