“Raqamli platformalarni monopoliyaga qarshi tartibga solish: xalqaro amaliyot, tendensiyalar va O‘zbekiston Respublikasi uchun tavsiyalar” mavzusida o‘quv seminar
Joriy yilning 1–3-iyun kunlari Raqobat qo‘mitasi markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlari ishtirokida BRIKSning Raqobat huquqi va siyosati xalqaro markazi direktori Aleksey Ivanov boshchiligidagi delegatsiya tomonidan “Raqamli platformalarni monopoliyaga qarshi tartibga solish: xalqaro amaliyot, tendensiyalar va O‘zbekiston Respublikasi uchun tavsiyalar” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda BRIKS markazi ekspertlari Darya Kotova va Kirill Entin ishtirok…



