25 ta korxona Ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etildi
Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari tomonidan respublika miqyosida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tovar va moliya bozorlaridagi faoliyati hamda raqobat muhitini o‘rganish maqsadida keng ko‘lamli tahlil ishlari amalga oshirildi.
O‘tkazilgan tahlillar doirasida bozordagi asosiy ishtirokchilarning faoliyati turlari bo‘yicha o‘rganildi.
Olib borilgan tahlillar natijasida, “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga asosan, Raqobat qo‘mitasi hududiy organlarining tegishli buyruqlari bilan ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarni o‘zlariga biriktirilgan hududlarda ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etildi.
Ma’lumot uchun: “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga ko‘ra, ustun mavqega ega bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan bitim shartlari, tovarlar sotiladigan hudud yoki narxga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lsa, bunday holat ustun muzokara kuchi deb e’tirof etildi.
‼️ Eslatib o‘tamiz, «Raqobat to‘g‘risidagi» Qonunning 18-moddasiga muvofiq ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlari taqiqlanadi.








