31 ta korxona Ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etildi

Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari tomonidan respublika miqyosida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tovar va moliya bozorlaridagi faoliyati hamda raqobat muhitini o‘rganish maqsadida keng ko‘lamli tahlil ishlari amalga oshirildi. O‘tkazilgan tahlillar doirasida bozordagi asosiy ishtirokchilarning faoliyati quyidagi xizmat turlari bo‘yicha o‘rganildi: 🔘maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish; 🔘temir yo‘llarda tashish; 🔘neft-gaz sohasida tahlil, nazorat, sinov va sifatni…

“FARG‘ONAAZOT” AJning ustun mavqeini yo‘qotganligi e’tirof etildi

O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, agar xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining bozordagi ulushi 40 foizni va undan ortiqni tashkil etsa ustun mavqega ega deb e’tirof etilishi belgilangan. Bugungi kunda, “Farg‘onaazot” AJning karbamid ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha bozordagi ulushi 40 foizdan…

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 43,0 mlrd so‘mga yaqin davlat xaridlarida raqobatga zid harakatlar aniqlanib, buyurtmachilar tomonidan bekor qilinishi ta’minlandi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 43,0 mlrd so‘mga yaqin davlat xaridlarida raqobatga zid harakatlar aniqlanib, buyurtmachilar tomonidan bekor qilinishi ta’minlandi Jumladan, Andijon viloyati Andijon viloyati Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi (11,0 mln so‘m) tomonidan «Choyshab va ko‘rpa xaridi» bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda ishtirokchilar noxolis baholangani aniqlangan. O‘rganish davomida tanlov savdosi buyurtmachi tomonidan ixtiyoriy ravishda bekor qilindi. Jizzax viloyati Viloyat futbol…

Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi…

Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi xodimlari uchun raqobat siyosati va davlat xaridlari qonunchiligi bo‘yicha navbatdagi malaka oshirish kursi tashkil etildi. Malaka oshirish dasturi doirasida ishtirokchilarga quyidagi mavzular yuzasidan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar berildi: ⏺ “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning maqsad va vazifalari; ⏺ Ustun mavqe, monopoliya va…

Raqobat qo‘mitasining ko‘rsatmasi “UMS” MChJ (Mobiuz) tomonidan ijro qilindi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan mobil aloqa operatorlari xizmatlarida iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, shartnoma hamda tarif rejalar shartlariga kamsituvchi holatlarni kiritmaslik, shuningdek, abonentlarning xabardorligini oshirishga qaratilgan muntazam tahlil va nazorat ishlari olib borilmoqda. “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari”ga (ro‘yxat raqami 3275, 30.06.2020 y.) muvofiq, mobil xizmatlar tarifikatsiyasi abonent holatini yomonlashtirmasligi va iste’molchi manfaatlariga zid bo‘lmasligi lozim. Qo‘mita…

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro tibbiyot instituti tomonidan “Aqlli issiqxona” (vertikal ko‘p bosqichli yashil ekinlarni yetishtirish uchun konteyner turi) xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan 8,6 mlrd. so‘mlik tender yuzasidan ma’lumotlar e’lon qilingan. Ushbu tender yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan murojaatga asosan o‘rganish ishlari amalga oshirildi. O‘rganish natijasida Buxoro tibbiyot instituti tomonidan tender savdosini…

Respublika bo‘ylab savdo va kommunal xizmatlar bo‘yicha iste’molchilarning huquqlari himoya qilinmoqda

Raqobat qo‘mitasi tomonidan savdo xizmatlari bo‘yicha fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy ravishda o‘rganilib, tahlil qilish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida istiqomat qilayotgan fuqaro B.K. “IDEA” savdo do‘konidan 7 500 000 so‘mga kondisioner xarid qiladi, ammo hech qancha vaqt o‘tmasdan mahsulotni nosozligi sababli almashtirish maqsadida do‘kon rahbariyatiga bir necha bor murojaat qiladi ammo…

Umra tadbirini tashkil etishga oid reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi

Raqobat qo‘mitasining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan materiallarni “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mosligi yuzasidan doimiy o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda. Jumladan, turoperatorlar tomonidan “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid reklamalarning qonuniyligi o‘rganildi: O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida: —Farg‘ona shahrida yashovchi Raxmatullayev Abubakirsiddiq Abdurasulovichga tegishli «Umra Safari 2025» telegram…

Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro Konferensiya uchrashuvlari doirasida…

Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro Konferensiya uchrashuvlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayevning UNCTADning raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha bosh koordinatori Tereza Moreyra xonim bilan ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar o‘zaro fikr almashdilar va hamkorlikni yana-da chuqurlashtirishga kelishib oldilar. Suhbat davomida…

Respublika bo‘ylab savdo, ijtimoiy va moliyaviy xizmatlar bo‘yicha iste’molchilarning huquqlari himoya qilinmoqda

Raqobat qo‘mitasi tomonidan savdo xizmatlari bo‘yicha fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy ravishda o‘rganilib, tahlil qilish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Andijon viloyati Fuqaro A.A. hududiy boshqarmaga qilgan murojaatida yashash xonadoniga ikki shaxsiy hisob raqam biriktirilganligi sababli asossiz qarzdorlik yuzaga kelganligini ma’lum qilgan. Hududiy boshqarma mutaxassislari tomonidan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan qarzdorlik bekor qilinib,…