Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayev boshchiligida Qo‘mitaning kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda markaziy apparat va 14 ta hududiy organ rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda 2024-yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda Qo‘mita raisi tomonidan hududlarda raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida ishlar qoniqarsizligi shuningdek, – davlat xaridlari; – til biriktirishlar va kartel kelishuvlar; – iqtisodiy konsentratsiya;…