Joriy yilning 6-7-iyun kunlari Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak va Taxtako’pir tumanlarida navbatdagi sayyor qabulini o’tkazdi

  Joriy yilning 6-7-iyun kunlari Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak va Taxtako’pir tumanlarida navbatdagi sayyor qabulini o’tkazdi. Unda Qorao‘zak va Taxtako‘pir tuman hokimligi rahbariyati ham ishtirok etib, fuqarolar va tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglandi. Ushbu sayyor qabul o‘tkazilishidan maqsad fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq shaffof…

Toshkentda yana bir suv sporti saroyi ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida bunyod etilgan suv sporti saroyini ko‘zdan kechirdi. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli mazkur majmua suv sporti rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida qurilgan. E’tiborlisi, bu yerda ham professional sportchilar, ham havaskorlar uchun sharoit yaratilgan. 50 metrli basseyn va 500 o‘rinli tomoshagohga ega katta zalda xalqaro miqyosdagi musobaqalar, terma jamoamizning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish…

“Digital Uzbekistan” xalqaro PLUS-forumi

2024-yilning 12-13-iyun kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Istiqbolli loyihalar Milliy agentligi va Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ko‘magida tashkil etilgan “Digital Uzbekistan” xalqaro PLUS-forumi bo‘lib o‘tadi. Forumda 2000 dan ortiq delegatlar, fintex, islom moliyasi, bank ishi, eGOV va chakana savdo sohasida faoliyat yurituvchi 100 dan ortiq spiker-ekspertlar ishtirok etadi. Tadbir…

Jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimi ko‘zdan kechirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-iyun kuni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Muvofiqlashtirish va monitoring qilish markazini borib ko‘rdi. Bu markaz O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi doirasida tashkil etilgan. Majmua mukammal ta’mirlanib va zamonaviy jihozlanib, shu yil martda ishga tushirilgan. Markaz jamoat xavfsizligi jarayonlarini qamrab olgan yagona axborot makonidir. Bu yerda joylardagi vaziyat…

300 MINGDAN ORTIQ XONADONLARGA ASOSSIZ HISOBLANGAN QARZDORLIK (10 mlrd so‘mdan ortiq) HISOBDAN CHIQARILISHI TA’MINLANDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy organlariga, bevosita yeki ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqindi bilan bog‘liq muammolar yuzasidan fuqarolardan ko‘plab e’tirozlar bildirilgan murojaatlar kelib tushmoqda. Xususan, Qo‘mitaning Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi mazkur yo‘nalish bo‘yicha iste’molchilardan tushgan murojaatlar asosida o‘z o‘rganishlarini o‘tkazdi. Ma’lumki, Qashqadaryo viloyati statistik ko‘rsatgichlariga ko‘ra, viloyat 15 ta tuman (shahar)larga ega bo‘lib,…

Turkiyaga rasmiy tashrif yakunlandi

Anqara shahridagi samarali O‘zbekiston-Turkiya sammiti yakunlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi doirasida qator oliy darajadagi tadbirlar o‘tkazildi. Davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv va Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishini o‘tkazdilar. Muzokaralar yakunida ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya va 19 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. Prezidentlar ilk bor yetakchi…

Oliy martabali mehmonlar Turkiya xalq amaliy san’ati va taomlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar

Anqaraga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va rafiqasi hamrohligida Turkiya xalq amaliy san’ati va taomlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurdilar. Oliy martabali mehmonlarga xalq ijodi jamoalarining teatrlashtirilgan chiqishlari namoyish etildi. Madaniy almashinuvlar qardosh xalqlarimizni yaqinlashtirish va do‘stligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiya Respublikasining oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Anqara shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni «Turkiya Respublikasi nishoni» bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qardosh mamlakatning oliy davlat mukofotini O‘zbekiston yetakchisiga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an tantanali ravishda topshirdi. – Bugun, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangan kunda Turkiya Respublikasining bunday yuksak mukofotini olish men uchun katta sharafdir.…