Qoraqalpogʻiston Respublikasida «Ayollar biznesini qoʻllab-quvvatlash» uchrashuv-muloqoti boʻlib oʻtdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli qarori ijrosi yuzasidan 17-may kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkor ayollar bilan uchrashuv-muloqot tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Zulayho Mahkamova boshchiligida oʻtgan uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Axmedova, Raqobat qoʻmitasi…