O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga intilish qat’iyligini tasdiqladilar

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Suhbat avvalida davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, Rossiya Prezidenti qayta saylanganidan so‘ng ilk xorijiy tashriflaridan birini aynan  O‘zbekistonga amalga oshirayotganini alohida ta’kidladi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va…

Rossiya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

27-may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi. Davlat madhiyalari yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar…

ISTE’MOLCHIGA “TRACKER-2” RUSUMLI AVTOMASHINA UCHUN TO‘LANGAN MABLAG‘ QAYTARIB BERILISHI TA’MINLANDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ularni hal etish yuzasidan ko‘plab ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bugungi kunda ham ushbu boradagi ishlar tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Toshkent viloyati Angren shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar M.G. “UZAUTO MOTORS” AJ xizmatidan norozilik bildirib Raqobatni rivojlantirish va…

Rossiya Prezidenti «Yangi O‘zbekiston» majmuasiga tashrif buyurdi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Toshkent shahriga kelgach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurdi. An’anaga ko‘ra, Rossiya rahbari Mustaqillik monumentiga gulchambar qo‘ydi. Majmuani qisqa ko‘zdan kechirish davomida oliy martabali mehmonga ushbu me’moriy ansambl mazmuni va o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berildi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Oʼzbekistonga keldi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 26-may kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Toshkent xalqaro aeroportida Rossiya Prezidentini davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari koʼtarildi va faxriy qorovul saf tortdi. Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 27-may kuni boʼlib oʼtadi. Oliy darajadagi muzokaralar…

Anhor Lokomotiv bog‘ida ko‘rgazma, ta’lim platformasi va aloqa o‘rnatish tadbirining o‘ziga xos kombinatsiyasi bo‘lgan E-COM BUSINESS FESTning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Anhor Lokomotiv bog‘ida ko‘rgazma, ta’lim platformasi va aloqa o‘rnatish tadbirining o‘ziga xos kombinatsiyasi bo‘lgan E-COM BUSINESS FESTning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Festivalni Raqobat qo‘mitasi raisi o’rinbosari A.Qayumov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbir doirasida elektron tijorat, logistika va fintex mavzularida panel muhokamalari bo‘lib o‘tadi. Ikki kun davom etadigan tadbirda soat 12:00 dan 18:00 gacha…

Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantirish va davlat granti ajratish mexanizmlarini takomillashtirish, yoshlarning sifatli ta’lim olishlari uchun mavjud shart-sharoitlarni yaxshilash, kadrlar tayyorlashni iqtisodiyotning rivojlanayotgan tarmoq va sohalariga manzilli yo‘naltirish maqsadida: 1. Oliy ta’lim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantirish va joylashtirish bo‘yicha shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:…

Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlarimizga

Qadrli farzandlarim! Bugun o‘z bilim va iste’dodi, kuch-g‘ayratini Yangi O‘zbekiston bunyodkori, jonajon yurtimizga munosib farzand bo‘lishdek ezgu maqsadga baxsh etishga bel bog‘lagan sizlar kabi navqiron yoshlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatayotganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Mehribon ustozlaringiz va ota-onalaringiz sizlarga oq yo‘l tilab turgan mana shu qutlug‘ kunda mamlakatimizdagi barcha maktablarda “so‘nggi qo‘ng‘iroq”lar jaranglab, siz…

Joriy yilning 25-26 may kunlari Toshkent shahrida E-COM BUSINESS FEST xalqaro elektron tijorat festivali bo‘lib o‘tadi

Festival O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarining hozirgi va bo‘lajak tadbirkorlari uchun tajriba va bilim almashish, hamkorlik o‘rnatish, mahsulot va xizmatlarni taqdim etish uchun keng ko‘lamli maydonga aylanishi kutilmoqda. Festival O‘zbekiston Elektron tijorat uyushmasi va O‘zbekiston Sotuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilmoqda. Tadbir Uzum Market, O‘zbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi, shuningdek, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini…

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekiston Respublikasida bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 26–27-may kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Tashrif dasturida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Bo‘lajak uchrashuv kun tartibidan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari o‘rin olgan. Amaliy hamkorlikni kengaytirishga, eng avvalo, o‘zaro…