O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Prezidentini samimiy kuzatib qo‘ydi

Samarali O‘zbekiston-Rossiya sammiti yakunlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning davlat tashrifi doirasida qator qo‘shma tadbirlar bo‘lib o‘tdi. 26-may kuni davlat rahbarlari birgalikda «Yangi O‘zbekiston» majmuasiga tashrif buyurdi, Rossiya rahbari Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. 27-may kuni tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi, ular davomida Prezidentlar…

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali savdo do‘konlaridan birida sotilayotgan “Ermak” savdo belgisi ostidagi pista mahsulotlarining sifatsizligi yuzasidan murojaat qoldirilgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. Fuqaro “ZAFARXON” MChJga tegishli pista mahsuloti donalarining aksariyati puch chiqqani va me’yordan ortiq qovurilganligidan mazasi taxir bo‘lib, iste’mol qilishning imkoni bo‘lmaganiga e’tiroz bildirgan. Xususan,…

Joriy yiling 28-may kuni Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashish va tadbirkorlarning faoliyatida uchrayotgan muammolarni o’rganish maqsadida Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida

Joriy yiling 28-may kuni Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashish va tadbirkorlarning faoliyatida uchrayotgan muammolarni o’rganish maqsadida Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan “YAKKASAROY KICHIK SANOAT ZONASI” DUKka tashrif buyurdi. Shuningdek, ishchi guruh Sergeli tumanida joylashgan “INTER GRAIN TERMINAL” MChJda ham bo‘ldi. Unda mazkur MChJ balansidagi…

Osiyo taraqqiyot banki ko‘magi bilan “O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish strategiyasi”ni ishlab chiqish loyihasi amalga oshirilmoqda

Joriy yilning 27-may kuni mazkur loyiha doirasida Raqobat qo’mitasi rahabariyati boshchiligida Italiyalik ekspert Giorgio Magistrelli bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. G.Magistrelli iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda davlat va nodavlat idoralari faoliyati bilan tanishib, loyiha yuzasidan va o‘z tajribalari bo‘yicha Qo’mita mutaxassislari bilan suhbatlashdi. Shuningdek, ekspert tomonidan xorijiy davlatlarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyoti, qonunchilik…

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari ikki davlat hududlari kengashining birinchi majlisida ishtirok etdilar

27-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin raisligida O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash joizki, bu platforma olti yil avval ikki davlat rahbarlari tomonidan ishga tushirilgan bo‘lib, qo‘shma Hududlararo hamkorlik forumi shaklida faoliyat yuritgan. Hududlararo hamkorlikning jadal sur’ati, o‘zaro investitsiyalarning yuqori dinamikasi, qo‘shma…

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari xalqlarimiz jasoratiga hurmat bajo keltirdilar

O‘zbekiston-Rossiya sammiti doirasida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Toshkent shahridagi «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar. Ko‘p millatli xalqlarimiz ko‘p asrlik umumiy tariximiz va uning yorqin sahifalari, jumladan, Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabani alohida hurmat-e’tibor bilan yod etadilar. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida “Inson qadri uchun” tamoyili islohotlar dasturining mutlaq ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Xususan, o‘zbekistonliklarning urush…

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari birgalikda daraxt ekdilar

Kuksaroy qarorgohidagi ikki tomonlama tadbirlar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Faxriy mehmonlar xiyoboniga tashrif buyurdilar. Bu yerda davlat rahbarlari O‘zbekiston va Rossiya xalqlarining do‘stligi, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari mustahkamlanib borayotganining ramzi sifatida birgalikda daraxt ekdilar. Xiyobonda boshqa hamkor davlatlar yetakchilari tomonidan ekilgan daraxtlar ham o‘smoqda.

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlarining muzokaralari har doimgidek ochiq, konstruktiv va do‘stona muhitda o‘tdi

Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar. Brifingda so‘zga chiqqan davlatimiz rahbari Vladimir Putinning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti lavozimiga qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy tashriflaridan biri bo‘lgan ushbu tashrifini O‘zbekistonga va ko‘p millatli xalqimizga bo‘lgan alohida…

Muzokaralar natijasi bitimlarda mustahkamlandi

O‘tkazilgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Qo‘shma bayonot imzoladilar. Davlat rahbarlari huzurida muhim ikki tomonlama bitimlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Jumladan, bular: – O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi; – O‘zbekiston Respublikasiga metrologiya sohasida texnik ko‘mak ko‘rsatish to‘g‘risida…

Oʼzbekiston va Rossiya delegatsiyalarining kengaytirilgan muzokaralari boʼlib oʼtdi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin muzokaralarni rasmiy delegatsiyalar ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar. Muzokaralarda Oʼzbekiston bilan Rossiya oʼrtasidagi keng qamrovlik strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari batafsil muhokama qilindi. Ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi yuksak darajasi va oʼziga xosligi,…