Banklarning investitsiyalar va biznesni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-may kuni “Asakabank” va Biznesni rivojlantirish bankining investitsiya faoliyati hamda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga oid taqdimoti bilan tanishdi. Mamlakatimizda investitsiya jarayonlari faol, iqtisodiy loyihalar talay. Shunga mos ravishda banklarning bundagi ishtiroki oshib, investitsion faoliyati kengayib bormoqda. Taqdimotda “Asakabank” va Biznesni rivojlantirish bankining shu boradagi joriy yilgi rejalari ko‘rib chiqildi. Xususan, “Asakabank”…