O‘zbekiston Prezidenti Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi
Dushanbega davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari kecha Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida tarixiy shartnoma imzolanganini ta’kidladi. Shu ma’noda, oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlar ikki mamlakat hukumatlari tomonidan so‘zsiz amalga oshirilishi muhim…