O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi. Kuni kecha O‘zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazdi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarda yangi tarixiy bosqichni boshlab bergan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Prezidentlarning farmonlari bilan yuksak faxriy unvonlarga sazovor bo‘lgan ikki mamlakat madaniyat va san’at…

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi bilan tanishdilar

Dushanbega tashrif chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan birgalikda poytaxt Ekspo markazida tashkil etilgan O‘zbekiston sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi. Yetakchilar “Made in Uzbekistan” brendi ostida tashkil etilgan pavilon bilan tanishdilar. Unda mamlakatimiz avtomobilsozligining yuqori texnologik mahsulotlari, elektr va qishloq xo‘jaligi texnikasi, tayyor oziq-ovqat mahsulotlari, kimyo, to‘qimachilik, farmatsevtika va boshqa sanoat tarmoqlarining…

Prezidentlar O‘zbekistonning Dushanbedagi elchixonasi yangi binosini tantanali ravishda ochdilar

O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi doirasida mamlakatimizning Dushanbe shahridagi elchixonasi yangi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbarlari ramziy tasmani kesib, O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdilar. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar elchixona binosida diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Elchixonada mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan…

O‘zbekiston Prezidenti Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari kecha Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida tarixiy shartnoma imzolanganini ta’kidladi. Shu ma’noda, oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlar ikki mamlakat hukumatlari tomonidan so‘zsiz amalga oshirilishi muhim…

Joriy yilning 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumov Buxoro viloyatida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabulini o‘tkazdi.

Joriy yilning 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumov Buxoro viloyatida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabulini o‘tkazdi. Kogon tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda tuman hokimi O.Qazoqov ham ishtirok etib fuqarolar va tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglandi. Shuningdek, sayyor qabul davomida tadbirkorlik subyektlari vakillari kommunal soha,…

O‘zbekiston Prezidenti parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga davlat tashrifi doirasida 19-aprel kuni ushbu mamlakat Oliy Majlisi Namoyandagon majlisi Raisi Mahmadtoir Zokirzoda bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida bugun yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Parlamentlararo almashinuvni yanada faollashtirish, kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar dasturlarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari…

CONFEAS 2024 «BOZOR INFRATUZILMASI VA VOSITACHILARNING IQTISODIYOTDA TUTGAN O‘RNI» XALQARO BIRJA ANJUMANI

Joriy yilning 19-aprel kuni Samarqand shahridagi «Silk Road Samarkand» sayyohlik markazida ConFEAS 2024 «Bozor infratuzilmasi va vositachilarning iqtisodiyotda tutgan o‘rni» mavzusida xalqaro birja anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Xalqaro anjuman Yevro-Osiyo fond birjalari federatsiyasi (FEAS) tomonidan O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi va «Toshkent» respublika fond birjasi bilan hamkorlikda hamda, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi,…

MUROJAAT ISTE’MOLCHI FOYDASIGA IJOBIY HAL QILINDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Termiz tumanida istiqomat qiluvchi fuqarodan “IBRAGIMOV-OLTIN BALIQLARI” oilaviy korxonasi xizmatidan noroziligini bildirib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi. Mazkur murojaatida fuqaro kredit asosida 5 000 000 so‘mga quyosh panellari o‘rnatish “IBRAGIMOV-OLTIN BALIQLARI” OKga buyurtma bergan va korxona tomonidan ushbu ish amalga oshirilgan. Biroq, hozirgi kunda fuqaro…

Iqtisodiy konsentratsiya va iqtisodiyotda davlat ishtirokini nazorat qilish sohasida 2024-yil 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar infografika ko’rinishida

Iqtisodiy konsentratsiya va iqtisodiyotda davlat ishtirokini nazorat qilish sohasida 2024-yil 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar infografika ko’rinishida. Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalariga xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlarga monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish yuzasidan jami 30 ta murojaat kelib tushgan. Kelib…