Xorijiy hamkorlardan samimiy qutlovlar

Butun islom ummati uchun muqaddas Ramazon oyi va muborak Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblaridan tabriknomalar kelmoqda. Mamlakatimiz yetakchisiga yo‘llangan qutlovlarda xorijiy hamkorlar O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etib, o‘zaro manfaatli…

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari bir-birini Ramazon hayiti bilan samimiy qutladilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 9-aprel kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas Ramazon hayiti bilan bir-birini samimiy tabrikladilar. Davlat rahbarlari qardosh O‘zbekiston va Turkiya xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar. O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb…

O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi

Qadrli vatandoshlar! Avvalo, muqaddas dinimiz buyurgan ibodat va amallarni muborak Ramazon oyida chin dildan, ixlos bilan ado etib, bugun hayit ayyomini katta shodu xurramlik bilan kutib olayotgan siz, azizlarni, yurtimizdagi jamiki mo‘min-musulmonlar, butun xalqimizni samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak ehtiromim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman. Shunday saodatli damlarga yetkazgani uchun Alloh taologa behisob shukronalar…

Prezident chorvachilik klasterini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Zomin tumanidagi “Jizzax Organis” chorvachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi. Umumiy qiymati 200 million dollar bo‘lgan bu loyiha besh yil oldin ishga tushirilgan. Yirik majmuada ochiq va yopiq inshootlar barpo etilgan. Birinchi bosqichda Yevropa davlatlari va AQSHdan “Angus”, “Gereford” naslli 4 ming bosh qoramol, Avstraliyadan “Dorper” zotli 2 ming bosh naslli qo‘y keltirilgan.…

Lalmikor mahallasida bozorbop rezavorlar yetishtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Lalmikor mahallasida bo‘ldi. Bu yerda 3 ming 700 nafardan ortiq aholi yashaydi. Mahalla obod qilingan, yo‘l chetlari va bo‘sh maydonlarga “Yashil makon” dasturi doirasida ko‘chatlar ekilgan. Mahalla dehqonchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. 668 ta xonadonning barchasida tomorqa bor. Shuningdek, aholiga dehqonchilik qilish uchun 126 gektar yer ajratilgan. O‘zbekiston Respublikasi…

9-aprel Amir Temur tavallud topgan kun

Bugun Amir Temur tavalludining 688 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida ham buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan “Kuch adolatda” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy  tadbir tashkil etish etildi. Tadbirni Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev kirish so‘zi bilan ochib berib, A.Temur hayoti va…

Jizzax iqtisodiyotini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilindi

9-aprel kuni Zarbdor tumanida Jizzax viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu muloqot Ramazon hayiti arafasida o‘tayotganiga urg‘u berib, xalqimizni ushbu ulug‘ ayyom bilan tabrikladi. Barcha hududlardagi kabi Jizzax viloyatida ham katta o‘zgarishlar bo‘layotgani qayd etildi. So‘nggi yetti yilda viloyatga 5 milliard dollar investitsiya jalb qilinib, 2 ming 500 ta…

MUROJAATLAR FUQAROLAR FOYDASIGA HAL QILINDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasiga ikki fuqarodan murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning birida Buxoro viloyatida yashovchi iste’molchi Asaxiy.uz do‘konidan muddatli to‘lov asosida 3 396 000 so‘mga uyali aloqa vositasi sotib olgan, ammo kafolat muddati davrida vosita nuqsonli chiqqan, iste’molchi savdo do‘koniga murojaat qilganida uyali aloqa vositasi almashtirib berilmagan, to‘lovlar…