Yo‘l qurilishi bo‘yicha rejalar taqdimot qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev avtomobil yo‘llari qurilishiga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi. Mamlakatimizda xalqaro va mahalliy yo‘llar tarmog‘ini rivojlantirish, transportlar harakatiga qulaylik yaratish maqsadida ko‘plab loyihalar ishlab chiqilgan. Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish” loyihasi ko‘zda tutilgan. Loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi 86 ta tumanda, 770 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladigan…