O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar qabul qilindi

Oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Qo‘shma bayonot imzoladilar. Unda tomonlarning o‘zaro manfaatli hamkorlikni turli sohalarda har tomonlama mustahkamlash hamda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklikni mazmun jihatidan boyitishga intilishi tasdiqlangan. Yetakchilar huzurida quyidagilar…

TURKIY DAVLATLARNING RAQOBAT KENGASHI TUZILDI

Turkiy davlatlarning raqobat kengashi Turk davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar raqobat organlarini birlashtirish tashabbusi bilan tashkil etildi. Turkiyaning Istanbul shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Asadulla Qayumov, TDT Bosh kotibi oʻrinbosari Merey Mukajan, Turkiya Raqobat organi rahbari Birol Kyule hamda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon va Vengriya raqobat organlari delegatsiyasi ishtirokida…

O‘zbekiston va Xitoy yetakchilari ko‘p qirrali va har tomonlama strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdilar

24-yanvar kuni Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida Prezidentimiz Xitoy yetakchisiga tashrif bilan kelish taklifi va ko‘rsatilayotgan iliq mehmondo‘stlik hamda Yangi O‘zbekistondagi islohotlarning yuksak e’tirofi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Davlat rahbarlari keyingi yillarda ikki tomonlama munosabatlar rivojida kuchli…

O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

24-yanvar kuni Pekin shahri Tyananmen maydonidagi Xalq yig‘inlari uyida davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Davlatimiz rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni kutib oldi. Yetakchilar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolarini qutladilar. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston…

O‘zbekiston Prezidenti Xitoy Eksport-import banki raisi bilan muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahridagi tadbirlar doirasida Xitoy Eksport-import banki raisi Vu Fulinni qabul qildi. XXR Eksimbankiga 1994-yilda asos solingan. Aktivlari qiymati 800 milliard dollardan ortiq bo‘lgan bank tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Xitoyning yetakchi moliyaviy institutidir. Uchrashuvda mamlakatimizdagi qo‘shma loyihalar portfeli 3,5 milliard dollarga yetgani mamnuniyat bilan qayd etildi.…

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 663-sonli qarorining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 663-sonli qarorining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda. Mutasaddi  tashkilotlar bilan hamkorlikda  o‘tkazilayotgan  mazkur tadbirlarda Adliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari, Davlat xizmatlari markazlari, mahalliy hokimliklar, davlat ishtirokidagi korxonalar va davlat muassasalari, tadbirkorlik…

Tadbirkorning Raqobat qo‘mitasiga qilgan murojaati o‘z yechimini topdi

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga respublikamizda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlardan turli mavzularda murojaatlar kelib tushmoqda. Murojaatlarning aksariyati o‘z vaqtida ijobiy hal qilinib, tadbirkorlarning haq-huquqlari  himoya qilinmoqda. Ana shunday murojaatlardan biri Raqobat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasiga “Navruz International Corp” MChJ Shahrisabz filialidan kelib tushdi. Murojaatda hudud…

O‘zbekiston Prezidenti CITIC korporatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida Xitoyning CITIC korporatsiyasi rahbari Si Goxua bilan uchrashuv o‘tkazdi. Xitoy mulkni boshqarish bo‘yicha xalqaro investitsiya korporatsiyasi moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi hamda yirik sanoat va infratuzilma loyihalarini amalga oshiruvchi yetakchi kompaniyadir. Uning aktivlari qariyb 1,5 trillion dollarni tashkil etadi. Uchrashuvda qo‘shma loyihalar portfelini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi, bunda asosiy e’tibor…

O‘zbekiston Prezidenti Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi raisi bilan uchrashdi

Xitoyga davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev CNPC neft-gaz korporatsiyasi raisi Day Xoulyanni qabul qildi. Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi o‘z sohasida jahonning ilg‘or kompaniyasi bo‘lib,  “Fortune Global 500” reytingida yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Neft va gaz qazib olish bo‘yicha yirik loyihalarni, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda amalga oshirish borasida katta tajribaga ega. Uchrashuvda…

O‘zbekiston Prezidenti OIIB prezidenti Szin Litsyun bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga davlat tashrifining ishbilarmonlik tadbirlari doirasida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bosh qarorgohiga tashrif buyurib, bank prezidenti Szin Litsyun bilan muzokara o‘tkazdi. Ushbu yetakchi xalqaro moliyaviy institut bilan strategik sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Keyingi yillarda bank bilan hamkorlik misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarildi. Qo‘shma loyihalar portfeli 3 milliard…