Prezident: Ma’naviyat boshqa sohalardan oldinda yurishi, yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ma’naviyat va madaniyat faollari, adabiyot va san’at namoyandalari, shuningdek, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi vakillari, vazirlar va hokimlar ishtirok etdi. Ma’lumki, respublikamizda ushbu Kengash raisi Prezident, hududlarda esa birinchi rahbarlar hisoblanadi. Chunki ilm-fan, ta’lim va tarbiya, ma’naviyat ustuvor masaladir.…