Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlarining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Janob Yasser Abdix boshchiligidagi Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi xodimlari 2023-yil 11-19-dekabr kunlari O‘zbekiston hukumati bilan uchrashib, iqtisodiy o‘zgarishlar va istiqbollar, siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Ushbu missiya davomida Janob Abdix mamlakatimizda raqobatni rivojlantirish naqadar muhimligi bo‘yicha bayonot bilan chiqdi, shuningdek yaqinda qabul qilingan va joril yil 3-oktabrda kuchga kirgan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning rolini alohida ta‘kidladi. “Tarkibiy…

O‘zbekiston Prezidenti Rossiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi. Bo‘lajak tadbir doirasida Hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari yilning asosiy yakunlarini sarhisob qiladilar hamda MDH makonida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqadilar.

Sanoat tarmoqlaridagi loyihalar va rejalar tanqidiy ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-dekabr kuni hududlarda elektrotexnika, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Sanoatdagi tarkibiy o‘zgarishlar va sharoitlar natijasida so‘nggi besh yilda ushbu uchta tarmoqda ishlab chiqarish 2,6 barobar oshgan, ularning sanoatdagi ulushi 7 foizga yetgan. Shuningdek, 231 turdagi yangi mahsulotlar o‘zlashtirilib, eksport 1,6 milliard dollarni tashkil etgan. Joriy yilning o‘zida elektrotexnikada…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali (https://t.me/NAMANGANLIKLAR_UZ/101442) Namanganda benzin quyish shoxobchalarini nazoratga oladigan tashkilot bormi o‘zi? AI-80 markali benzinni shoxobchalar istagan narxini qo‘yib sotib yuribdi…” mavzuida post qoldirilgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. Murojaat Raqobat qo‘mitasining Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Haqiqatan ham murojaatda bildirilganidek, 2023-yil 21-dekabr…

QO‘MITA TOMONIDAN FUQAROLARNING HUQUQLARI SUD TARTIBIDA HAM HIMOYA QILINMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘z faoliyatida raqobatni ta’minlash va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha sud instansiyalarida faol qatnashib kelmoqda. Jumladan, joriy yilning oktabr va noyabr oylarida Qo‘mitaning Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasiga fuqarolar J.M. va O.I.dan “MEGA-AVTO-LEASIN” MChJ faoliyatidagi qonun buzilish holatlari yuzasidan ularga tegishli tartibda chora ko‘rishlikni so‘rab murojaatlar…

SAVOL: Radioda qanday reklamalar beriladi?

FUQARODAN SAVOL: Radioda qanday reklamalar beriladi? MUTAXASSIS JAVOB:  Sherzod MAXAMADALIEV, Raqobatni rivojlantirish  va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i: Radioda tarqatilayotgan reklamaning, radiodasturlarni reklama bilan uzib qo‘yishning umumiy davomiyligi eshittirish vaqtining bir soati davomida yigirma foizdan, biroq bir sutkada eshittirish vaqtining o‘n besh foizidan oshishi mumkin emas. Ushbu talab eshittirishlari faqat reklama radiodasturlariga ixtisoslashtirilgan…

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi

24-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakchisini tavallud kuni bilan dildan qutlab, qardosh ozarbayjon xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi. Prezident Ilhom Aliyevning bugungi Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va shiddatli taraqqiyotini ta’minlashdagi shaxsiy hissasi va tarixiy o‘rni alohida qayd etildi. Davlat rahbarlari…

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan bir guruh olim va tadqiqotchilarni mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Mamlakatimizda ilm-fan sohasini rivojlantirish, xalqimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish, fan-texnika taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, nufuzli xorijiy muassasalar bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, boy ma’naviy merosimizni xalqaro miqyosda targ‘ib etish, ilg‘or innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qo‘shgan ulkan hissasi, yuksak bilimli va malakali ilmiy xodimlarni tayyorlash, yoshlarimizni buyuk allomalarimizga…

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF–27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 173-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligini keng nishonlash, mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish, ilmiy-texnologik salohiyatini yuksaltirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish maqsadida:…

REKLAMANING O‘Z TALABLARI BOR unda davlat tiliga oid me’yorlar buzilmasligi kerak

O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli. Shu bois, Prezidentimiz O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan xalqimizga yo‘llagan bayram tabrigida ham mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi o‘rni va ahamiyatini oshirish, uni zamon talablari asosida rivojlantirish masalasi milliy o‘zligimizni anglash, millat ruhini saqlab qolish, yorug‘ kelajagimizni ta’minlashning eng muhim omili ekanini alohida ta’kidladi.…