O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “yashil” energetika sohasidagi yirik qo‘shma loyihalarni ishga tushirishga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Hurmatli tantanali marosim ishtirokchilari! Hurmatli xonimlar va janoblar! Avvalambor, siz, azizlarni shunday qutlug‘ kunlarda, Yangi yil arafasida Yangi O‘zbekiston hayotidagi ulkan tarixiy voqea – “yashil” energetika sohasidagi yirik qo‘shma loyihalarni ishga tushirishga bag‘ishlangan tantanali marosimda ko‘rib turganimdan benihoya baxtiyorman. Yaxshi xabardorsiz, biz bundan besh yil muqaddam qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish bo‘yicha oldimizga juda katta…

ASOSSIZ HISOBLANGAN MABLAG‘ FUQAROGA FOYDASIGA QAYTA HISOB-KITOB QILINISHI TA’MINLANDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish jarayonida ma’lum ishlar amalga oshirilmoqda. Raqobat qo‘mitasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasiga fuqaro tomonidan murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatda, fuqaro suv ta’minoti korxonasi tomonidan xonadoniga asossiz  qarzdorlik hisoblanayotganligidan norozi…

O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi. Yetakchilar joriy yilgi hamkorlik yakunlarini sarhisob qilib, 2024-yil uchun ustuvor vazifalarni muhokama qildilar hamda Sankt-Peterburg tarixiy obidalari bilan tanishdilar. Prezidentimiz Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Shu bilan davlatimiz rahbari amaliy tashrifini…

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar

26-dekabr kuni Sankt-Peterburg shahridagi MDH norasmiy sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning 5-7-oktabr kunlari Rossiyaga amalga oshirilgan oliy darajali tashrif yakunida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tovar ayirboshlashning o‘sish sur’atini saqlab qolish hamda istiqbolli kooperatsiya loyihalarini ilgari surish maqsadida yaqin…

SOTIB OLINGAN SOVG’A NOSOZ CHIQSA NIMA QILISH KERAK?

SOVG’A NOSOZ chiqsa, qaerga boramiz? Odatda bayramlar arafasida ko‘pchilik o‘z yaqinlariga qanday sovg‘a olish haqida bosh qotiradi. Ammo ba’zida yaxshi niyatlar xarid qilingan maishiy tovarlarning nosozligi ma’lum bo‘lib qoladi. Foydalanish jarayoni­da qattiq shovqin chiqaradi,  o‘chirib-yoqish tugmalari ishlamay qoladi, tezda qizib ketadi… Albatta, bunday tovar nafaqat sifatsiz, balki xavfli ham hisoblanadi. Bu yana aynan shu brend…

MUROJAAT FUQARO FOYDASIGA HAL ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi  Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasiga fuqaro tomonidan murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatda, fuqaro avtosalondan “Oniks” modeldagi avtomobil uchun belgilangan mablag‘ni to‘lov qilgan. Avtomashina o‘z vaqtida yetkazib berilmagan va fuqaro avtosalondan boshlang‘ich to‘lovini qaytarib olishni talab qilgan, ammo fuqaroning murojaati avtosalon tomonidan yechimini topmagan. Ushbu holat yuzasidan…

Bayram dasturxoni uchun sotib olingan mahsulotlar sifatini qanday tekshirish mumkin?

Yangi yilni kutib olishga sanoqli kunlar qoldi. Hamma bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun to‘kin dasturxon tuzash taraddudiga tushib qolgan. Asosiysi shuki, xaridlar ro‘yxat asosida, zarur mahsulotlar me’yorida bo‘lishi kerak. Bayram ratsioni uchun eng talabgir mahsulotlarni xarid qilishda sifatlisini tanlash borasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining mas’ul vakili Umida Mansurova ma’lumot berdi. GO‘SHT…

O‘zbekiston Prezidenti MDHning norasmiy sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Sankt-Peterburg shahrida MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi. Tadbirda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan qatnashdi. Uchrashuvda 2023-yilgi…

O‘zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburgning tarixiy obidalari bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni MDH norasmiy sammitining madaniy tadbirlar dasturi doirasida Sankt-Peterburg shahrining saroy-bog‘ majmualari bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari bilan birgalikda “Pavlovsk”, “Sarskoye selo” va “Petergof” muzey-qo‘riqxonalariga tashrif buyurdi. XVIII-XIX asrlarda barpo etilgan ushbu tarixiy obidalar YUNЕSKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, me’morchilik va…

O‘zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburgga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga keldi. “Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Leningrad viloyati va Sankt-Peterburg rahbariyati kutib oldi. Ertaga mamlakatimiz yetakchisi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.