TADBIRKORLAR VA FARMATSEVTIKA SOHASI VAKILLARI DIQQATIGA!

TADBIRKORLAR VA FARMATSEVTIKA SOHASI VAKILLARI DIQQATIGA! Raqobat qo‘mitasi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “Biz sizni eshitamiz” loyihasining bu galgi sonida, Tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazish, raqobatga to‘siq bo‘layotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish reja qilingan. Shu sababli, mazkur loyiha doirasida “Farmatsevtika sohasida yuzaga kelayotgan muammolar hamda aholini sifatli va…

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktyabrdagi 549-son qarori yuzasidan

Ijtimoiy tarmoqlar orqali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktyabrdagi 549-son qarori yuzasidan qilinayotgan ayrim talqinlar yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi quydagilarni ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktyabrdagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish…

Qashqadaryodagi iqtisodiy imkoniyatlar tahlil qilinib, qo‘shimcha vazifalar belgilandi

Qarshi shahrida 25-oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Dunyoda ziddiyatlar tobora kuchayib borayotgani, befarqlik, o‘zibo‘larchilik kayfiyati bilan rivojlanib bo‘lmasligi ta’kidlandi. – Mamlakatimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va kelajagi uchun yangi korxonalar, yangi bozorlar, investitsiya, ish o‘rinlari, katta-katta tushumlar kerak. Jahon bozoridagi tebranishlar, hamkor davlatlardagi savdo cheklovlari davom etaversa,…

Shavkat Mirziyoyev Qarshidagi sanoat loyihalari bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni Qarshi shahridagi “Qavali” kichik sanoat zonasida joylashgan bir qator korxonalar bilan tanishdi. Sanoat zonasining yer maydoni olti gektar bo‘lib, muhandislik infratuzilmasi yaxshi tashkil etilgan, transportga juda qulay. Shu bois ishlab chiqarish jadal rivojlanmoqda. Hozir bu yerda qurilish materiallari, mebelsozlik, to‘qimachilik, farmatsevtika va charm sanoati yo‘nalishidagi 11 ta…

Ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga

Hurmatli ichki ishlar tizimi xodimlari! Qadrli ofitser va generallar, serjant va safdorlar! Muhtaram faxriylar! Avvalo, siz, azizlarni qutlug‘ kasb bayramingiz – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Ushbu quvonchli ayyomda sizlarning o‘z zimmangizdagi g‘oyat muhim vazifalarni mas’uliyat bilan ado etib kelayotganingizni alohida ta’kidlashni istardim. So‘nggi yillarda ichki ishlar organlarini…

SIFATSIZ MAHSULOT SOTILISHINING OLDI OLINDI

Guruchlar bugungi kunda qadoqlangan va vaznlab tortilgan holda sotiladi. Qadoqlangan guruch mahsulotlarida ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan guruchga tegishli maʼlumotlar beriladi. Savdo shoxobchalarining o‘zida qadoqlangan guruchlar o‘ramiga etiketka yopishtiriladi, unda uning nomi, ishlab chiqaruvchi korxonaning yoki ishlab chiqaruvchi mamlakatning nomi, bir birligining bahosi, tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati, qadoqlangan sanasi, qadoqlovchining tartib raqami yoki familiyasi ko‘rsatiladi. Oziq-ovqat…

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi

Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ketmoqda. Kommunal tarmoqlar qayta ko‘rib chiqilib, issiqlik korxonalari modernizatsiya qilinmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi davomida viloyat “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasining Qarshi shahrida yangidan bunyod etilgan markaziy qozonxonasini borib ko‘rdi. Ushbu majmua 12 Gkal quvvatga ega. Bu yerga Turkiyadan keltirilgan 14 MVtli uchta qozon o‘rnatildi.…

Qarshi shahrida Ona va bola salomatligi tibbiyot markazi barpo etildi

Qarshi shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiali barpo etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu muassasani borib ko‘rdi. Joriy yil 8 sentyabrda davlatimiz rahbarining “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va…

Prezident Qarshidagi mahallada mehmon bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Qarshi shahridagi Oydin mahallasida bo‘lib, aholi turmushi, hududdagi obodlik va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda 11 mingga yaqin aholi yashaydi. Hududda ikkita maktabgacha ta’lim tashkiloti, bitta umumta’lim maktabi mavjud. Joriy yilda yana uchta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi. Mahallada xizmat ko‘rsatish sohasi, tikuvchilik va hunarmandchilik…

Prezident Qarshi tumanidagi maktabda bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev safar dasturida nazarda tutilmagan manzillar bilan tanishishda davom etmoqda. Qarshi tumani markazi – Beshkent shahridagi 12-maktab ham rejalashtirilmagan holda borib ko‘rildi. Bu yerda ayni paytda 1 ming 400 ga yaqin o‘g‘il-qiz o‘qimoqda. Ularga yuzdan oshiq malakali pedagoglar ta’lim bermoqda. Maktab o‘tgan yili kapital ta’mirlangan. O‘quvchilarga bitta kasb-hunar va ikkita xorijiy tilni o‘rgatish…