Rasmiy munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi @telegraf_uzb ijtimoiy tarmog‘ida yoritilgan “Davlat raqobat qo‘mitasi O‘zbekistonda reklama tarqatishda davlat tiliga doir talablarga amal qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash taklifi bilan chiqdi.” – mavzusidagi maqolani ko‘rib chiqib quyidagilarni ma’lum qiladi. Amaldagi qonunchilik hujjatlarida reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga mos kelmaydigan reklama tarqatganlik uchun jarimaga solish…

50 MLN SO‘M BOSHLANG‘ICH TO‘LOV QAYTARIB BERILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Namangan viloyat hududiy boshqarmasiga fuqaro, “Cobalt” rusumli avtomashinani 60 kunda yetkazib berish sharti va muddatli to‘lov asosida “Sami Enterpress OO” MChJga qarashli avtosalon bilan 2023-yil 1-may kuni shartnoma tuzilganligi, fuqaro shartnoma bo‘yicha boshlang‘ich 50 mln so‘m to‘lovni amalga oshirganligiga qaramay, hozirgacha avtomashina yetkazib berilmaganligidan norozi bo‘lib, murojaat…

O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-oktabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyevni qabul qildi. O‘zbekistonning tashkilotga raisligi doirasida birgalikda amalga oshirilgan ishlar natijalari va uning bo‘lajak sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘tgan davrda turkiy davlatlarning ko‘p tomonlama sherikligi yangi sur’at bilan rivojlanganini ta’kidlash joiz. Yuzdan ortiq tadbirlar o‘tkazildi, amaliy hamkorlik uchun…

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va transport infratuzilmasini rivojlantirish ishlari bilan tanishildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-oktabr kuni Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, transport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida qator obyektlarga tashrif buyurdi. Ob-havo noqulayliklari va harorat pasayishi davrida infratuzilma obyektlarida muammo kelib chiqishining oldini olish, yo‘llarning sifati va xavfsizligini ta’minlash kabi vazifalar bugungi kunda o‘ta dolzarb ahamiyatga ega…