TADBIRKORLAR VA REKLAMA BOZORI ISHTIROKCHILARI DIQQATIGA!
Xabaringiz bor, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-son Farmoniga muvofiq «Biz sizni eshitamiz» loyihasi yo‘lga qo‘yilgan. Mutasaddi vazirlik va idoralar, reklama bozorining yirik subyektlari, tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) egalari, reklama agentliklari, reklama beruvchi va tarqatuvchilar, ommaviy axborot vositalari ishtirokida “Reklama bozorini rivojlantirishning yangi bosqichlari”…