IQTISODIY KONSENTRATSIYA VA IQTISODIYOTDA DAVLAT ISHTIROKINI NAZORAT QILISH SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2023-yilning 8 oyi davomida xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlarga oldindan rozilik olish yuzasidan jami 103 ta murojaat kelib tushgan. Shundan, 15 ta murojaat xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga rozilik…

Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-sentabr kuni aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Mamlakatimizda aholi salomatligini yaxshilash va hayot sifatini oshirishga qaratilgan ko‘plab ijtimoiy, hududiy dasturlar bajarilmoqda. Xususan, so‘nggi olti yilda ichimlik suvi sohasiga davlat budjetidan 14 trillion 500 milliard so‘m yoki oldingi davrga nisbatan 6 baravar ko‘p mablag‘ ajratilgan. 31 ming kilometr…

O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

22-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga katta muvaffaqiyatlar, qardosh turkman xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Konstruktiv siyosiy muloqot va samarali idoralararo aloqalar rivojlanib borayotgani…

Hurmatli iste’molchilar!

Oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Diqqat O‘zbekistonda ertadan ichimlik va oqova suv narxlari 2 barobar qimmatlaydi” degan mavzularda ko‘plab xabarlar tarqalmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ushbu xabarlar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi. Iste’molchilarga ichimlik va oqova suv  yetkazib berish xizmatlari narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan xizmat turi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki,…

O‘zbekiston Prezidentining Nyu-Yorkga tarixiy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSHga amaliy tashrifining tadbirlarga g‘oyat boy dasturi yakuniga yetdi. Davlatimiz rahbari Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 78-sessiyasining umumsiyosiy munozaralarida nutq so‘zlab, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga alohida to‘xtaldi hamda global va mintaqaviy kun tartibining eng dolzarb masalalari yechimiga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari va…

O‘zbekiston Prezidenti Pokiston Hukumati rahbari bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni Nyu-York shahrida o‘tayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 78-sessiyasi doirasida Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Anvar ul-Haq Kakar bilan uchrashdi. Muzokaralarda O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari yil boshidan 75 foizga o‘sganini…

O‘zbekiston va Jahon banki strategik sheriklikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni Nyu-York shahrida Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Jahon banki o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni kengaytirishning asosiy jihatlari ko‘rib chiqildi. Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Ajay Bangani Jahon banki guruhi prezidenti lavozimida ish boshlagani bilan tabrikladi hamda uning rahbarligida bank rivojlanayotgan mamlakatlarning barqaror iqtisodiy…

O‘zbekiston Prezidenti “Citigroup” korporatsiyasi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni Nyu-York shahriga tashrifi doirasida AQSHning eng yirik “Citigroup” moliyaviy korporatsiyasi raisi Jon Duganni qabul qildi. Davlatimiz rahbari O‘zbekiston banklari va davlat korxonalari obligatsiyalarining xalqaro fond bozorlarida muvaffaqiyatli joylashtirilishiga ko‘maklashgan korporatsiya bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini mamnuniyat bilan qayd etdi. O‘zbekiston yetakchisi “Citigroup”ning mamlakatimizda “Citibank” sho‘ba banki ofisini ochish…

O‘zbekiston Prezidenti «Boston Consulting Group” kompaniyasi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni Nyu-York shahriga tashrif doirasida o‘ziga ajratilgan qarorgohda “Boston Consulting Group” kompaniyasi raisi Rich Lesser va Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqasi bo‘yicha rahbari Rza Nuriyevni qabul qildi. Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari AQSHning ushbu konsalting kompaniyasi O‘zbekistondagi yirik korxonalarning boshqaruvini maqbullashtirish loyihalarida faol ishtirok etayotganini qayd etdi. O‘tgan yili Toshkent shahrida “Boston Consulting…

O‘zbekiston Prezidenti FIFA rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni Nyu-York shahrida Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino bilan uchrashuv o‘tkazdi. Davlatimiz rahbari Janni Infantinoni 2023-yilgi futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi. O‘zbekiston va FIFA o‘rtasidagi samarali sheriklik alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Futbolni rivojlantirish va yoshlarni keng jalb qilish bo‘yicha…