Bahouddin Naqshband majmuasida ziyorat sharoitlari kengaytiriladi

Davlatimiz rahbari Buxoro viloyatiga tashrifini, an’anadagidek, Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi. Qur’on oyatlari tilovat qilindi. Alloh taolodan o‘tganlarga rahmat, yurtimizga tinchlik-farovonlik tilab duo o‘qildi. Diniy ulamo bilan suhbatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi, islom ma’rifati haqida so‘z bordi. Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash, bandligiga ko‘maklashish, muhtoj oilalarni alohida mehr-e’tiborga olish muhimligi ta’kidlandi. Shu yerda majmua atrofida rejalashtirilayotgan qurilish-ta’mirlash loyihasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, Bahouddin Naqshband maqbarasiga Toqi miyona darvozasidan boruvchi tarixiy yo‘lakni…

Prezident Buxoroda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi. Safar davomida iqtisodiyot rivoji va mahallalar hayoti bilan tanishish, sanoat korxonalarini ko‘rish va yangilarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Tashrifning ikkinchi kuni mamlakatimizda tabiiy gaz va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda inflyatsiyani jilovlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi.

YANGI XARID QILINGAN AVTOMOBILNING NUQSONLI EHTIYOT QISMI SIFATLISIGA ALMASHTIRIB BERILISHI TA’MINLANDI

YANGI XARID QILINGAN AVTOMOBILNING NUQSONLI EHTIYOT QISMI  SIFATLISIGA ALMASHTIRIB BERILISHI TA’MINLANDI Iste’molchi 2023-yilning 25-may kuni “ONIX LTZ Turbo AT” modelidagi avtomobilni xarid qilib oladi. Xarid qilingan kundan 2 kun o‘tgach, avtomobil  yoqilg‘i nasosi (benzonasos)da nuqson aniqlangan. Dastlab salondan benzin hidi chiqa boshlagan bo‘lsa, keyinchalik avtomobilni yurishida keskin o‘zgarishlar bo‘la boshlagan. Iste’molchi bu holat yoqilg‘i nasosining…

TADBIRKORLAR VA MUSTAQIL EKSPERTLAR DIQQATIGA!

TADBIRKORLAR VA MUSTAQIL EKSPERTLAR DIQQATIGA! O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “BIZ SIZNI ESHITAMIZ!” loyihasini boshlamoqda. Ushbu loyiha doirasida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mavjud tizimli muammolarni muhokama qilish maqsadida mahalliy biznes vakillari, xorijiy investorlar va mustaqil ekspertlar bilan “aqliy hujum” ochiq muloqot tarzida qator uchrashuvlar o‘tkaziladi. Ilk muloqot uchrashuvi O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi…

Sport sohasidagi vazifalar bo‘yicha axborot berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga sport sohasidagi yirik tadbirlar va rejalar haqida axborot berildi. Yurtimizda sport ancha rivojlanib bormoqda. Futbol, voleybol, boks, kurash, shaxmat, tennis, og‘ir va yengil atletikalarning ko‘plab turlari ommalashgan. Davlatimiz rahbari g‘oyasi bilan tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” yosh avlod orasida jismoniy madaniyatni yanada keng yoyishga xizmat qilmoqda. Taqdimotda ommaviy sport, etnosport va gimnastikani…

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan 9-avgust kuni o‘tkazilgan telefon orqali muloqotida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va faol gumanitar almashinuvni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi. Ikki mamlakat yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqib, yaqin muddatlarda…

ISTE’MOLCHIGA 150 MLN SO‘M MABLAG‘ QAYTARILIB BERILDI

Iste’molchi  A.Z. yangi xarid qilgan xonadoni o‘z vaqtida bitkazib berilmayotganligi yuzasidan norozi bo‘lib Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat qilgan. Hududiy boshqarma mutaxassislari tomonidan  murojaat o‘rganilganda, iste’molchi xonadonni 90 kun ichida bitkazilib qabul qilib olish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Biroq, belgilangan muddat kelganda qurilish ishlari yakuniga yetmaganligi, xonadon uchun…

Rasmiy munosabat

https://platina.uz ijtimoiy tarmog‘i orqali “Yoshlar parlamenti raisining firmasi bir kunda qariyb 2,5 mlrd.so‘mlik tenderlarni qo‘lga kiritdi” sarlavhasi ostida 26.06.2023-yilda chop etilgan tanqidiy maqola yuzasidan Rasmiy munosabat https://platina.uz ijtimoiy tarmog‘i orqali “Yoshlar parlamenti raisining firmasi bir kunda qariyb 2,5 mlrd.so‘mlik tenderlarni qo‘lga kiritdi” sarlavhasi ostida 26.06.2023-yilda chop etilgan tanqidiy maqola yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va…

NOOZIQ-OVQAT TOVARLARNI QAYTARIB BERISH TARTIBI

O‘zbeksiton Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunining 18-moddasiga ko’ra: Iste’molchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan e’tiboran 10 kun ichida sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga bunday tovar sotuvda bo‘lmasa, pulini qaytarib olishga haqli. Tovarlarni qaytarish shartlari: – mahsulot ishlatilmagan yoki shikastlanmagan bo’lishi kerak; – ushbu mahsulotni sotib olishni tasdiqlovchi chek. Аlmashtirib…

«Cengiz Holding» kompaniyasi O‘zbekistondagi biznesini kengaytirish bo‘yicha yangi rejalarini taqdimot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-avgust kuni Turkiyaning «Cengiz Holding» kompaniyasi boshqaruvi raisi Mexmet Jengiz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ta’kidlash joizki, Turkiyaning yetakchi ko‘p tarmoqli xoldingi ishtirokida O‘zbekistonda ikkita loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi…