Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 29-avgust sanasida Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati barqaror rivojlanish bo‘yicha loyiha rahbari Beate Shoreit boshchiligidagi vakillar bilan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mutasaddilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda “Raqobat to‘g‘risida”gi yangi qonun va istiqboldagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihalar muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev mahalladagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi

Davlatimiz rahbari Sergeli tumanidagi Yangi Bunyodobod mahallasida bo‘lib, sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Bu yerda 6 mingdan ziyod aholi yashaydi. 13 ta ko‘p qavatli uy, maktab, bolalar va o‘smirlar sport maktabida barcha sharoitlar yaratilgan.  Mahallaning drayveri – xizmat ko‘rsatish. Yaqinda maishiy xizmat shoxobchalari, tikuvchilik korxonasini o‘z ichiga olgan ish markazi barpo etildi. Ularda mahalliy yoshlar foydali mehnat…

Toshkent yerosti va yerusti metro yo‘llari halqaga aylandi

Poytaxtimiz jamoat transportida metropolitenning o‘rni juda katta. Uning qamrovini kengaytirish maqsadida, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan, yerusti metrosi vujudga keldi. O‘tgan yillarda bu ulkan loyihaning birinchi bosqichi va Sergeli yo‘nalishi ochilgan edi. Joriy yilda ikkinchi bosqich – Qo‘yliqdan Sergeligacha bo‘lgan yerusti metrosi qurib bitkazildi. Prezident ushbu transport inshootini borib ko‘rdi, jamoatchilik vakillari bilan birga metroda yurdi.…

Prezident kitobsevar bolalar bilan suhbatlashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangilangan Respublika bolalar kutubxonasini borib ko‘rdi. Davlatimiz rahbari faoliyatining ilk kunlaridan yoshlar ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. 2017 yilda kitoblar nashr etishni rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha Prezident farmoyishi qabul qilingan edi. Kitobxonlarni rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yildi. Bu siyosatning yana bir ifodasi sifatida yaqinda Respublika bolalar kutubxonasi yangilandi. 1907-yilda qurilgan…

Prezident yangi tibbiyot markazlarini borib ko‘rdi

Poytaxtimizning Yashnobod tumanida ikkita yirik shifo maskani – Milliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi barpo etildi. Davlatimiz rahbari 2020-yil noyabrda ularning qurilishini kelib ko‘rgan, bu yerda qanday imkoniyatlar bo‘lishi lozimligi haqida ko‘rsatmalar bergan edi. Muassasalardagi bugungi zamonaviy sharoit va ish tartibi shuning amaliy ijrosi, deyish mumkin. Shifo maskani…

Bojxona rasmiylashtiruvi markazi ishga tushdi

Mustaqillik xalqimizga erkinlik, ro‘shnolik olib kelganidek, har yili bu ayyomda yaxshiligu yangiliklar ko‘p bo‘ladi. Bu yil ham barcha hududlarda iqtisodiy-ijtimoiy inshootlar ishga tushirilmoqda. Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi ana shunday bunyodkorlik ishlari bilan tanishmoqda. Davlatimiz rahbarining 2022-yil 27-apreldagi bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir farmonida sohani raqamli transformatsiya qilish, xizmatlar sifati va tezkorligini oshirish chora-tadbirlari…

NOSOZ AVTOMASHINA YANGISIGA ALMASHTIRILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasiga G‘uzor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro N.A. Qarshi shahrida faoliyat olib boradigan “QASHQADARYO AVTOTEXXIZMAT” MChJdan norozi bo‘lib murojaat yo‘llagan. Fuqaro N.A. 2022-yil 26-dekabrda “QASHQADARYO AVTOTEXXIZMAT” MChJ bilan TRACKER-2 TRK Premier rusumli avtomashinasini olish uchun shartnoma imzolagan. Shartnoma shartlariga asosan, avtomashina o‘z vaqtida yetkazilgan bo‘lsada,…

M.Sultanovaga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi» faxriy unvonini berish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Xalq ta’limi sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, yosh avlodning bilim va salohiyatini yuksaltirish, ular qalbida ilm-fan va bilimga intilish, mehnatsevarlik va bag‘rikenglik ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlash, farzandlarimizni ezgu g‘oyalar, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy…

A.Saksanovni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida o‘zining tashabbuskorligi, bilim va tajribasini yaqqol namoyon etib, tadbirkorlik sohasida ko‘plab istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani, ijtimoiy masalalarni hal etishda jonbozlik ko‘rsatayotgani, xususan, mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, har tomonlama  sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ishlaridagi katta xizmatlari,  yoshlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat…

Maktablarda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-avgust kuni maktablarda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish va o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi”, degan ezgu g‘oya asosida bu sohada katta ishlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda yuzlab zamonaviy maktablar barpo etildi. Prezident maktablari, ijod maktablari hayotimizga kirib keldi, ixtisoslashtirilgan maktablar…