Turkmaniston yetakchisi O‘zbekiston Prezidentini saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan samimiy qutladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat avvalida Turkmaniston yetakchisi davlatimiz rahbarini muddatidan ilgari o‘tkazilgan Prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan samimiy tabriklab, qardosh O‘zbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi. O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotgani…

Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev 9-iyul kuni oila a’zolari bilan birga Toshkent shahridagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, saylovda ovoz berdi. Ma’lumki, joriy yil 30-aprelda bo‘lib o‘tgan referendum natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yangi tahrirda qabul qilindi. Unda huquqiy, dunyoviy va ijtimoiy tamoyillar yanada mustahkamlanib, davlatning…

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YANGI TAHRIRDAGI «RAQOBAT TO’G’RISIDA»GI QONUNI: O’ZGARTIRISH VA QO’SHIMCHALAR

Davlat organlari, yirik korxonalar va yuridik shaxs birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplayens tizimi majburiy joriy etilmoqda; Ustun mavqeni e’tirof etish va bozor ulushi belgilash jihatlariga yangi mezonlar kiritildi; Tabiiy monopoliya subyektlari ham ustun mavqega ega subyektlar qatoriga qo‘shildi; Kartel kelishuvlaridan tashqari “o‘zaro kelishilmagan muvofiqlashtirilgan harakatlar” ham raqobatga zid harakat sifatida belgilanmoqda; Insofsiz raqobat va uning qamrab…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli “Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.

Farmonda quyidagilar nazarda tutilmoqda: ekskluziv huquqlar berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning reyestri (ro‘yxati) joriy etiladi; Raqobat qo‘mitasi tomonidan tarmoqdagi tadbirkorlar va xorijiy investorlar bilan uchrashuv o‘tkazish, raqobatga to‘siq bo‘layotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi; Tabiiy monopoliya, jumladan, elektr energiya, tabiiy gaz, temir yo‘llari, fuqaro aviatsiyasi, aeroport xizmatlari,…

WORKSHOP | KOREYALIK MUTAXASSISLAR ISHTIROKIDA O‘QUV SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida «workshop» (o‘quv seminari) bo‘lib o‘tdi. Unda Koreya iste’molchilar agentligi (Korea Consumer Agency) vakili O Sang-A xonim so‘zga chiqdi. Seminarda O Sang-A xonim Qo‘mita xodimlarini iste’molchilar va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi nizolarni muqobil hal etish (Alternative Dispute Resolution) bo‘yicha Janubiy Koreya tajribasi bilan tanishtirdi.

“Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan “Barqaror iqtisodiy taraqqiyot: dolzarb masalalar” panel sessiyasi davom etmoqda.

Tadbirda Ruminiya Raqobat organi Prezidenti Bagdan Kritsoyu o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etmoqda. U o‘z nutqida Raqobat sohasi,O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Raqobat to‘g‘risidagi» qonuni yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Shuningdek, u Raqobat sohasida Ruminiya tajribasi uning o‘ziga xos jihatlari yangi yo‘nalishlari va sohadagi muammolarga  to‘xtalib o‘tdi.

TICC 2023 | XALQARO KONFERENSIYA DAVOM ETMOQDA

Xalqaro konferensiyaning ikkinchi yarmi ham qizg‘in ruhda davom etmoqda. Ishtirokchilardan yana biri o‘z ma’ruzasi davomida «… bugungi kunda deyarli barcha sohalarda raqobatni ta’minlash eng muhim kun tartibimizdagi masalaga aylangan, Vengriya Raqobat organi bu borada ko‘plab yangi tajribalarni qo‘llab kelmoqda. O‘ylaymizki, O‘zbekiston Raqobat organi bilan ham ushbu sohada hamkorligimizni rivojlantiramiz»- deb ta’kidlab o‘tdi Yevropa Ittifoqidan Vengriya…