O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli “Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.

Farmonda quyidagilar nazarda tutilmoqda: ekskluziv huquqlar berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning reyestri (ro‘yxati) joriy etiladi; Raqobat qo‘mitasi tomonidan tarmoqdagi tadbirkorlar va xorijiy investorlar bilan uchrashuv o‘tkazish, raqobatga to‘siq bo‘layotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi; Tabiiy monopoliya, jumladan, elektr energiya, tabiiy gaz, temir yo‘llari, fuqaro aviatsiyasi, aeroport xizmatlari,…

WORKSHOP | KOREYALIK MUTAXASSISLAR ISHTIROKIDA O‘QUV SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida «workshop» (o‘quv seminari) bo‘lib o‘tdi. Unda Koreya iste’molchilar agentligi (Korea Consumer Agency) vakili O Sang-A xonim so‘zga chiqdi. Seminarda O Sang-A xonim Qo‘mita xodimlarini iste’molchilar va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi nizolarni muqobil hal etish (Alternative Dispute Resolution) bo‘yicha Janubiy Koreya tajribasi bilan tanishtirdi.

“Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan “Barqaror iqtisodiy taraqqiyot: dolzarb masalalar” panel sessiyasi davom etmoqda.

Tadbirda Ruminiya Raqobat organi Prezidenti Bagdan Kritsoyu o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etmoqda. U o‘z nutqida Raqobat sohasi,O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Raqobat to‘g‘risidagi» qonuni yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Shuningdek, u Raqobat sohasida Ruminiya tajribasi uning o‘ziga xos jihatlari yangi yo‘nalishlari va sohadagi muammolarga  to‘xtalib o‘tdi.