Farg‘onada sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilandi

“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida o‘nlab korxonalar samarali faoliyat yuritmoqda. Yaqinda bu yerda “BNBM Building Materials Central Asia” korxonasi ochildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida ushbu korxonani ko‘zdan kechirdi. Korxonaga 30 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorij investitsiyasi yo‘naltirilib, yiliga 30 million kvadrat metr gipsokarton va 4 million kvadrat metr dekorativ gipsokarton ishlab chiqarish quvvati yaratildi. 200 ta…

Prezident mahalla ahli bilan samimiy suhbat qurdi

Davlatimiz rahbari Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi Xitoy mahallasida bo‘lib, aholi turmushi bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda 2 ming 800 nafarga yaqin aholi yashaydi. Odamlar tomorqadan unumli foydalanadi. Ayollar tikuvchilik bilan shug‘ullanadi. Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik ro‘zg‘orlarga baraka kiritgan. O‘ndan ortiq savdo do‘konlari, mebelsozlik korxonasi, sartaroshxona, tikuvchilik va hunarmandchilik ustaxonalarida aholi ish bilan band. Shuningdek, yoshlarning sport…

Uzumchilikda Oltiariq tajribasi kengaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlar iqtisodiyoti bilan tanishish maqsadida 27-iyul kuni Farg‘ona viloyatiga keldi. Har bir hududning “o‘sish nuqtalari”ni rivojlantirib, odamlarga ish o‘rni va daromad manbai yaratish – davlatimiz siyosatining ustuvor maqsadi. Oltiariq tumanida dehqonchilik shunday tayanch soha. Bu yerning odamlari mahsulot yetishtirish va uni eksport qilishning hadisini olgan. Ilgari bu tumanda ham paxta…

Ma’muriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Respublikada madaniyat va turizm sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha samarali ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizning turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish, ayniqsa, mahalliy va xorijiy turistlar uchun ekohududlar, tog‘ va cho‘l hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarining imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalangan holda ekoturizmni rivojlantirish ishlarini amalga oshirish zarur. Qolaversa,…

BANK XIZMATLARINI KO‘RSATISH VA ISTE’MOLCHILAR BILAN ISHLASH SIFATINI YANADA OSHIRISH

Xalqaro miqyosdagi Senteo Inc. konsalting-tadqiqot tashkiloti Respublikamizdagi tijorat banklarining iste’molchilari bilan munosabatlariga oid tadqiqot o‘tkazdi. Ushbu “Mijoz tajribasi indeksi” – Customer Experience Index  tadqiqoti natijalari asosida banklar reytingi tuzildi hamda tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. O‘zbekiston marketing uyushmasi tomonidan “Hyatt Regency Hotel” mehmonxonasida mazkur tadqiqot natijalari taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil qilindi. Ushbu tadbirda Oʻzbekiston…

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xodimlari joriy yilning 6-25 iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi tomonidan «Davlat korxonalarini isloh qilish»…

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xodimlari joriy yilning 6-25 iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi tomonidan «Davlat korxonalarini isloh qilish» mavzusida tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminarda ishtirok etdilar. Mazkur seminar davomida davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish va bozorda raqobatni rivojlantirish bo’yicha Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi bilan amaliy va nazariy tanishdilar.