Pokiston Bosh vaziri O‘zbekiston Prezidentini saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

12-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif telefon orqali muloqot qildilar. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Pokiston yetakchisi davlatimiz rahbarini bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida ishonchli g‘alaba qozongani bilan samimiy qutlab, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi. Suhbat chog‘ida tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy,…

O‘zbekiston Prezidenti Jahon turizm tashkiloti bilan keng ko‘lamli sheriklikni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-iyul kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Jahon turizm tashkiloti (YNVTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvilini qabul qildi. BMT tizimidagi ushbu yetakchi sohaviy tashkilot bilan O‘zbekistonda zamonaviy turizm infratuzilmasini rivojlantirish va yurtimizga turizm yo‘nalishlarini ommalashtirish borasida keng ko‘lamli hamkorlikni yanada ilgari surish masalalari muhokama qilindi. Suhbat avvalida bosh kotib Birlashgan…

«Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2023-yil 1-oktabrdan boshlab eksklyuziv huquqlar berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning reyestri joriy etiladi; Raqobat qo‘mitasi bitim shartlarini, tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni va ustun muzokara kuchiga ega bo‘lgan subyektlarni aniqlaydi va ular tomonidan ustun muzokara kuchini suiiste’mol qilishni taqiqlaydi.

O‘zbekiston Prezidenti Armaniston Bosh vaziri bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan 12-iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida ikki tomonlama munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Armaniston hukumati rahbari mamlakatimiz yetakchisini Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabriklab, katta muvaffaqiyatlar va baxt-saodat tiladi. Suhbatda amaliy hamkorlik loyihalarini ilgari surish maqsadida…

Amaliy uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-93-sonli Farmoniga shuningdek, 2023-yilning 7-iyul kuni Vazirlar Mahkamasining 279-sonli “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mas’ullari va bir guruh vakolatli davlat organlari ishtirokida Farg‘ona viloyatining qator tumanlarida amaliy…

O’ZBEKISTON ELEKTRON BOZORIDA RAQOBAT BORMI?

Raqamli bozorlarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari ko’rib chiqildi. “Yangi O’zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida O’zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi tomonidan “Raqamli bozorlarda raqobat to’g’risidagi qonunni qo’llash va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish: muammolar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. USHBU TADBIRDA JAMOATCHILIK KENGASHI AʼZOLARI…