O‘zbekiston Prezidenti va Qatar Amiri ikki tomonlama hamkorlikni yangi darajaga olib chiqishga kelishib oldilar
Samarqand shahridagi Kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Siyosiy muloqot va madaniy-gumanitar almashinuvni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv avvalida Qatar Amiri davlatimiz rahbariga tashrif bilan kelish taklifi hamda…