O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi

Muhtaram vatandoshlar! Yer yuzidagi jamiki islom ummati qatori mehr-muruvvat, ezgulik va saxovat ramzi – muborak Qurbon hayitini katta shodu xurramlik bilan kutib olayotgan siz, azizlarni, barcha yurtimiz musulmonlarini, butun xalqimizni ushbu ulug‘ ayyom bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan g‘oyat mamnunman. Dillarimiz quvonchga to‘lgan mana shunday qutlug‘ damlarda avvalo…

RASMIY MUNOSABAT

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Ommaviy axborot vositalarida “Nazorat yo‘q, alohida vakolatli organ yetishmaydi, Raqobatsiz savdolar va ortiqcha garov puli – davlat xaridlari tizimini islohotga muhtoj(mi?)” mavzusida chop etilgan maqola yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi: Raqobat qo‘mitasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 75-moddasiga asosan o‘z vakolati doirasida, huquqni muhofaza qiluvchi organlar…

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga

Qadrli do‘stlar! Bugun yurtimizda keng nishonlanayotgan Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan siz, azizlarni, muhtaram faxriylarimizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Bu ayyom nafaqat o‘z hayotini shu sohaga bag‘ishlagan fidoyi insonlar, balki ularning mashaqqatli ijod va mehnat mahsulidan bahramand bo‘ladigan millionlab mushtariylar, tinglovchi va tomoshabinlar, butun jamiyatimiz uchun ham qadrlidir. Mana shunday kunlarda…

27-IYUN – MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI

Axborotdagi tezkorlik, tahlillardagi xolislik, chuqur mushohada bularning barchasida soʻz yuki, masʼuliyati mujassam. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-iyundagi PQ-294 sonli “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolanishi bilan matbuot va ommaviy axborot vositalari sohasida ham ko’plab islohotlar amalga oshirildi. Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, Sizlarni qutlugʻ va sharafli kasb…

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Mamlakatimizda so‘z va matbuot erkinligi, ochiqlik  va oshkoralikni mustahkamlash, xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga qo‘shayotgan munosib hissasi, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish, yurtimizdagi yangilanish jarayonlari, erishilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etishdagi katta xizmatlari, zamonaviy jurnalistika yo‘nalishlari uchun yuksak malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash…