O‘zbekiston Prezidenti mamlakatimizda FIFAning yirik tadbirlarini o‘tkazishni taklif etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro futbol federatsiyasi rahbari Janni Infantino bilan 5-may kuni o‘tkazgan uchrashuvda mamlakatimizda futbolni ommalashtirish va yirik tadbirlarni birgalikda o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi. Nufuzli global sport tashkiloti rahbari mamlakatimizda futbolni rivojlantirish, unga yoshlar va qizlarni keng jalb qilish, iste’dodlarni tarbiyalash, ommabop va zamonaviy infratuzilmani yaratish, malakali murabbiylar va soha mutaxassislarini tayyorlash…

O‘zbekiston Prezidentining Germaniyaga tashrifi yakuniga yetdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga ikki kunlik tashrifi yakunlandi. Berlinda davlatimiz rahbari GFR Kansleri Olaf Shols va Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer bilan muzokaralar o‘tkazdi. Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va Germaniya Prezidentlari birgalikda Jeyms Simon galereyasiga tashrif buyurib, “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan Kushonlar saltanatigacha” nomli noyob ko‘rgazmani…

O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari amaliy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 4 may kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqotida qo‘shma kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish va savdo munosabatlarining sur’atini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi. Suhbat avvalida Belarus Prezidenti joriy yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi. Prezidentlar O‘zbekiston-Belarus hamkorligi…

O‘zbekiston Prezidenti Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga tashrifi doirasida 3-may kuni ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Germaniya tomonidan tadbirda Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi, Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi, Germaniya energetika agentligi, “CLAAS”, “Knauf”, “Siemens Energy”, “Lasselsberger”, “Aurubis”, “Linde Group”, “Gunter Papenburg”, “Falk-Porsche-Technik”, “Mangold Consulting”, “DB Engineering”, “Landesbank”, “Commerzbank”, “KfW Bank”, “Deutsche Bank” kabi…

O‘zbekiston va Germaniya Prezidentlari o‘zbek xalqining madaniy-tarixiy merosiga bag‘ishlangan noyob ko‘rgazmani ochib berdilar

Germaniyaga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Berlin shahridagi jahonga mashhur Jeyms Simon galereyasida “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan Kushonlar saltanatigacha” nomli noyob ko‘rgazmani ochdilar. Davlatimiz rahbari ochilish marosimida ikki mamlakatda xalqlarimizning boy madaniy merosi va bugungi yutuqlariga qiziqish ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. O‘zbekistonda Gyote, Geyne, Shiller,…

O‘zbekiston va Germaniya Prezidentlari ko‘p qirrali hamkorlik kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar

3-may kuni Berlin shahridagi Belvyu saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Federal Prezidentga Germaniyaga tashrif bilan kelish taklifi va ko‘rsatilayotgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi. Prezidentlar O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik misli ko‘rilmagan sur’atda rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd…

DORI VOSITALARI NARXLARINING NAZORATI BO‘YICHA O‘QUV SEMINARI O‘TKAZILDI  

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻg‘risida”gi 411-sonli qarori ijrosi boʻyicha joriy yil 1-maydan yangi tartib kuchga kirdi. Ushbu yangi tartibni har tomonlama sifatli nazoratini taʼminlash maqsadida Qoʻmitaning 14 ta hududiy boshqarmalaridan 1 nafardan xodim mazkur tizimga biriktirilib, “FAIR TECH” yagona axborot tizimidan kelgan…

IJTIMOIY HIMOYA DASTURLARI  AMALDA

Yangi O‘zbekistonda barcha soha qatori insonga bo’lgan munosabat ham tubdan o‘zgarib bormoqda, bunda asosiy maqsad inson qadri uchun  unga e’tibor va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ham bunday xayrli ishlarda faol ishtirok etmoqda. Qo‘mita tomonidan bugungi kungacha ”Temir daftari”  va “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj yashovchi…