Hurmatli ekspertlar!
Xabaringiz bor, yurtimizda amalga oshiralayotgan islohotlar hamda yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyaning tegishli moddalariga asosan yurist va advokatlar salohiyati oshirilishi belgilangan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Raqobat qo’mitasi huzurida Monopoliyaga qarshi ekspert va yuristlar assotsiatsiyasi tuzilishi ko’zda tutilgan.
Mazkur assotsiatsiya monopoliyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro va respublika miqyosidagi yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya va tadbirkorlik sohalarida faoliyat yurituvchi ekspertlarni jamlaydi.
Ushbu assotsiatsiyaga qo’shilmoqchi bo’lgan nomzodlar o’zlarining ma’lumotlari, takliflari va tashabbuslarni @Jamoatchilik_bilan_aloqalar Telegram manziliga yuborishlarini so’raymiz.