Ayni vaqtda, “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan “Raqamli bozorlarda raqobat to’g’risidagi qonunni qo’llash va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish: muammolar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Xalqaro konferensiyani Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi Sh.Sharaxmetov kirish soʻzi bilan ochib berdi.
Konferensiyada Germaniya, Turkiya, Ruminiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Vengriya, Qirg‘iziston, Hindiston, Belarus, Armaniston kabi davlatlardan yuqori nufuzli ekspert mutaxassislar ishtirok etmoqda.