Joriy yilning II chorak yakunida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Samarqand viloyatidagi tuman (shahar) hokimliklarining qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mosligi hamda raqobatni rivojlantirishga to‘sqinlik qiladigan hujjatlarning qabul qilinishi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
Mazkur o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, Samarqand viloyatidagi tuman va shahar hokimliklari (Ishtixon, Payariq, Pastdarg‘om, Toyloq, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut, Jomboy, Kattaqo‘rg‘on, Narpay va Kattaqo‘rg‘on shahar) tomonidan qabul qilingan normativ tusdagi hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasi talablariga zid ravishda qaror, buyruq va farmoyishlar qabul qilishda, shartnomalar tuzishda ustunlik berishda, ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati uchun boshqa kamsituvchi yoki imtiyozli shartlar belgilashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
O‘rganish ishlari natijalariga ko‘ra, hududiy boshqarma tomonidan shahar va tuman hokimliklariga qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida tegishli taqdimnomalar berildi.