Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi “Media24.uz” ning “Telegram” rasmiy kanalida 2023 yil 29 aprel kuni “Sport” telekanalida joylashtirilgan “TBC” bank reklamasiga oid e’tirozi (https://t.me/media24uz/2380) yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasiga ko‘ra, har qanday reklama vositalaridan foydalangan holda tarqatiladigan, mazmuni O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan reklamadan foydalanuvchilarga qaratilgan va reklama obyektiga e’tiborni jalb qilish, unga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish yoki qo‘llab-quvvatlash, shuningdek uni bozorda bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida ilgari surish uchun mo‘ljallangan maxsus axborot – reklama hisoblanadi.
Mazkur Qonunning 16-moddasiga asosan reklamaga doir asosiy talablar belgilangan bo‘lib, ushbu talablar reklamani joylashtirish bo‘yicha eng muhim va asosiy qoidalarni belgilab beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan 2020 yilda ishlab chiqilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning, 2-jildi, 598-betida “minut” (lot. – mayda, kichik, arzimas, uncha emas) so‘zi “daqiqa” so‘zi bilan ma’nodosh (sinonim) tarzida berilgan hamda quyidagi misollar keltirilgan:
– daqiqa – soat to‘qqizdan o‘n besh minut o‘tganda, daryo tepasida qop-qora bulutdek samolyotlar paydo bo‘ldi.
– I.Raxim, Chin muhabbat. Yo‘lchi yerga qarab, bir minut sukut qildi. Oybek tanlangan asarlar.
Shunga ko‘ra, O‘zbek tiliga oid izohli lug‘atlarda “minut” so‘zi “daqiqa” so‘zi bilan ma’nodosh (sinonim) so‘zlar sifatida qo‘llanilmoqda.