Ijtimoiy tarmoq orqali (https://www.youtube.com/watch?v=XOnukLS17rQ) “Videomaterialda bloger Xorazm viloyatining yoqilg‘i quyish shaxobchalaridan birida quyilayotgan sifatsiz AI-95 markali benzin masalasidagi videomurojaatiga rasmiy munosabat bo‘lmagani sababli masalaga aniqlik kiritish maqsadida Xorazm viloyati neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga tashrif buyurgani aytilgan” murojaat qoldirilgan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Qo‘mitasi mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi:
Raqobat qo‘mitasining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan mazkur murojaatni o‘rganib chiqish maqsadida “O‘zenergoinspeksiya” Toshkent nazorat-kimyo laborotoriyasi uchun “O‘zenergoinspeksiya”ning Xorazm viloyati hududiy boshqarma hodimlari tomonidan joriy yil 15-noyabr kuni “Kapital Texnoservis” MChJdagi sig‘imlarda saqlanayotagn AI-92 K2-L rusumli avtobenzin yonilg‘isidan sifat tahlilllari o‘tkazish uchun namunalar olingan. Sifat tahlillar o‘tkazilganda ushbu avtobenzin yonilg‘isi tarkibidagi haqiqiy qatronlar (smola) miqdori va tadqiqot usulida aniqlanadigan oktan soni ko‘rsatkichi bo‘yicha sifatsiz ekanligi aniqlangan.
Avtobenzin yonilg‘isi tarkibidagi haqiqiy qatronlar (smola) miqdori va tadqiqot usulida aniqlanadigan oktan soni ko‘rsatkichi bo‘yicha belgilangan me’yorga to‘g‘ri kelmagan, ya’ni (Ai-92 K2-L rusumli avtobenzin O‘z DSt 3031:2015 Davlat standarti bo‘yicha haqiqiy qatronlar miqdori 10mg/100sm3 dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Ai-92 K2-L rusumli avtobenzin O‘z DSt 3031:2015 Davlat standarti bo‘yicha tadqiqot usulida aniqlanadigan oktan soni 92,0dan kam bo‘lmasligi kerak.) “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning 2012-yil 23-avgustdagi 01/07/-1178-sonli va “O‘zbekneftgaz” MXKning 2012-yil 30-avgustdagi 152-sonli qo‘shma qarorlari bilan 2012-yil 1-oktabrdagi amalga kiritilgan “Neft,gaz kondensati va neftmahsulotlarini qabul qilish, saqlash, tashish,tarqatish va hisobini yuritish yo‘riqnomasi” talablari asosida sifatsiz deb aniqlangan tadqiqot usulida aniqlanadigan oktan soni bo‘yicha
2-sonli sig‘im uchun oktan soni 88,3 ekanligi aniqlangan.