Ijtimoiy tarmoq orqali https://www.facebook.com/groups/Potrebitel.Uz/posts/7577321332295142
“Qisqa qilib aytganda, TBC bankda depozit ochgandim 111 mln.sumda yillik 27%da, depozit muddati tugaganida, menga fakatgina foizi berildi, a asosiy mablag‘ qaytarilmadi. Asosiy mablag‘ni qaytarish maqsadida TBS bankning bosh ofisiga bordim, boshida bunday depozit yo‘q deb turishdi, skrinshot va dogovorni kursatgandan keyin tizimda xatolik deyishdi, kun davomida xal qilamiz deyishdi. Kechga kelganda aytishdiki MIB tomonidan 2021 yil taqiq qo‘yilgan deyishdi. Dokumentlarni bersam bizani bankning nomi ko‘rsatilmagani uchun, ma’lumotnomani yangilab olib keling deyishdi. Konkret muammo topaolishmay sarson qilishmoqda shu xolatda nima qilsam bo‘ladi. Eng alamlisi man murojaat qilgan xodimlarining birortasi ma’sul yoki vakolatli emas. O‘zi gapirayotgan gapini o‘zi tushunmaydi…” mavzuida murojaat qoldirilgan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni bildiradi.
Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi murojaatda qayd etilgan holatlarni “TBS Bank” ATB bilan hamkorlikda o‘rganib chiqdi. O‘rganish davomida fuqaro A.Sh. MIBning taqiqni yechishga doir ma’lumotlarini bankka taqdim etgani, ammo unda ijrochi banklar ichida mazkur xizmat ko‘rsatuvchi bank bo‘lmaganiligi va qaror raqam to‘g‘ri kelmaganligi sababli taqiq yechilmagani ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng iste’molchi MIBdan taqiq yechilgani to‘g‘risidagi hujjatni olib, “TBS Bank”ga topshiradi.
Shu bilan yuzaga kelgan muammo ijobiy hal etilib, bankdan depozitga qo‘yilgan mablag‘ iste’molchining plastik kartasiga tushirib berilishiga erishildi.