Ijtimoiy tarmoq orqali “SAMARQANDNING SASI …
Ro‘yxatda yo‘q, ammo qalban o‘sha yerdami? Yohud Samarqanddagi g‘alati tender haqida” mazmunida post qoldirilgan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan mazkur murojaat bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Samarqand shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2023-yil
12-oktabrda 23110012306673-sonli lot bilan axlat qutilari (uch qismli) xarid qilish uchun tanlov savdolari o‘tkazilgan. Tanlovda uch nafar xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z takliflari bilan ishtirok etgan. Ushbu tanlovni baholashda noxolisliklarga yo‘l qo‘yilib, O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlari talablari qo‘pol ravishda buzilganligi holati kuzatildi. Shuning uchun Samarqand shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xarid komissiyasi tomonidan baholash jarayoni noto‘g‘ri amalga oshirilganligi natijasida mazkur o‘tkazilgan tanlov natijalari bekor qilingan.