Joriy yilning 26-sentabr kuni https://t.me/KARAKALPAK24 telegram kanalida “Beruniy obodonlashtirish boshqarmasi 2 milliardlik tenderni tanish-bilish o‘rtasida o‘tkazdi” – posti bilan e’lon qilingan maqola yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tegishli ishlar amalga oshirildi.
Mazkur ishlar natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Beruniy tumani obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2023-yil 25-sentabr kuni 301112-sonli lot bilan “Qurilish mollarini” sotib olish uchun o‘tkazilgan tanlovda “REAL TO‘RTKO‘L” MChJ va “TURTKUL SUPER LES” MChJlar ishtirok etgan. Tanlovda ishtirok etgan “REAL TO‘RTKO‘L” MChJ va “TURTKUL SUPER LES” MChJ bir biri bilan affillanganligi sababli tanlov komissiyasining 2023-yil 28-sentabrdagi 57-sonli bayonnomasiga asosan tanlov natijalari bekor qilingan va qayta tanlovga qo‘yilgan.