Ijtimoiy tarmoqda G‘ijduvonda quriladigan yo‘l uchun asfalt sotib olish bo‘yicha tender noqonuniy o‘tganga o‘xshaydi” (https://t.me/gazna1) mavzuida qoldirilgan post yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Qo‘mita tomonidan G‘ijduvon tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 288594-sonli lot bilan o‘tkazilgan tanlov savdosi O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni va “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganib chiqildi.
Mazkur amalga oshirilgan tanlash savdosi Etender.uzex.uz maxsus axborot portalida G‘ijduvon tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan asfalt-beton aralashmasini tayyorlash xizmati yuzasidan 18.08.2023-yilda
288594-sonli lot orqali tanlov savdosi o‘tkazilganligi, xarid komissiyasi tomonidan tanlov savdosida ishtirok etgan 2 ta talabgorlar taqdim etgan asfalt-beton ishlab chiqaruvchi zavod to‘g‘risidagi maʼlumot bir xil bo‘lganligi aniqlangan. Yuqoridagi aniqlangan holat bo‘yicha buyurtmachi tomonidan ishtirokchilarni baholash mezonida yo‘l qo‘yilgan xatolik sabab, mazkur o‘tkazilgan tanlov savdosi bekor qilingan.