Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi 2023-yilning 1-yarim yilligida Davlat va Korporativ buyurtmachilar tomonidan amalga oshirilgan xaridlarda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan 2557 ta jami 3449,2 mlrd so’mlik xaridlarda tahlil ishlarini olib bordi.
O’tkazilgan o’rganishlar natijasida, jami 523,06 mlrd so’mlik 888 ta xaridlarda 1616 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Hamkorlikda amalga oshirilgan o‘rganishlar natijasida, 844 ta xaridlarda aniqlangan 1557 ta qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ma’lumot taqdim etildi.
Shuningdek, hududiy Maxsus komissiya tomonidan 31 ta xaridlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ish qo‘zg‘atilib tegishli qaror qabul qilingan.